Breaking News

Qalmiq Respublikasida urushda halok bo'lgan askarlar qoldiqlari qidirilmoqda


So’nggi yillarda Rossiyada Ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan va bedarak ketgan askarlar qoldiqlarini topish kampaniyasi olib borilmoqda. Xususan Qalmiq Respublikasining Xulxuta qishlog’ida 1942-yil kuzida Kaspiydagi neft konlariga ko’z tikkan natsistlar bilan janglarda Qizil Armiyaning 7000 askari halok bo’lgan.

Ularning qoldiqlarini Alfred Abayev rahbarligidagi ko’ngillilar guruhi qidirmoqda.

“Ularni topib, sharaf bilan dafn etmasak, jazirama quyosh va shamol har tarafga sochib tashlaydi. Jasad qoldiqlari ham, xotira ham yo’q bo’ladi”, - deydi Abayev.

Sovet Ittifoqi urushda 27 million fuqarosini yo’qotgan. Rossiyada koronavirus pandemiyasi sabab 9-may kuni parad bo’lmaydi, faqat aviashou o’tkazilishi rejalangan. Asosiy tantanalar 3-sentabrga ko’chirildi. An’anaga aylangan “O’lmas polk” xotira tadbiri ham qoldirildi.

Xulxuta qishlog’i aholisi ham urushda halok bo’lgan yaqinlarining suratlari bilan yurish qilishga hozirlanmoqda.

Bu o’rtada Rossiyada koronavirusdan eng ko’p zarar ko’rayotgan Moskvada karantin 31-maygacha uzaytirildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG