Breaking News

Karzay va Tolibon gaplashgani haqidagi xabar Oq uyning asabini buzdi


Ayrim qonunchilar maslahati - Karzay ana qo’l qo’yadi-mana qo’l qo’yadi deb ko’p umid bog’lamaslik, chunki u bilan pishmaydigan ish bu.
Ayrim qonunchilar maslahati - Karzay ana qo’l qo’yadi-mana qo’l qo’yadi deb ko’p umid bog’lamaslik, chunki u bilan pishmaydigan ish bu.
Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay toliblar bilan maxfiy muzokarada ekani haqidagi xabarlar Vashingtonning asabini buzdi. Oq uy Karzayga AQSh qo’shinlariga mamlakatda qolishga ruxsat beruvchi hujjatni imzolashni yana eslatmoqda.

Karzay va Tolibon gaplashgani haqidagi xabar Oq uyning asabini buzdi/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:48 0:00
Yuklab oling

Prezident Obama Oq uyda kecha Mudofaa vaziri Chak Xeygl va boshqa qo’mondonlar bilan ko’rishdi. “New York Times” gazetasining yozishicha, Karzay Amerika bilan maslahat qilmasdan uch hafta oldin Dubayda toliblarning elchilari bilan uchrashgan. Oq uyda mana shu xabar haqida gap ketgani aytiladi.

Pentagon uchrashuv o’tgan-o’tmagani haqida izoh bermayapti. Mudofaa vazirligi matbuot kotibi, polkovnik Stiv Vorren.

“Takror-takror aytamiz, tinchlikka erishishning yagona yo’li siyosiy muhokama va diplomatiya. Qurol emas. Afg’oniston barqaror bo’lishi uchun ham afg’onlar afg’onlar bilan gaplasha boshlashi lozim”, - deydi u.

Senat qurolli kuchlar qo’mitasida ham kecha, yopiq eshiklar ortida shu masala ko’tarilgan.

Respublikachi senator Jon Makkeyn taxminiga ko’ra, Obama ma’muriyati bu yil Afg’onistondagi jangovar amaliyot tugashi mumkin, deb chiqqani Karzayni toliblar bilan murosa izlashga majbur qilgan. Makkeynning aytishicha, Oq uy hamma qo’shinlarni 2017-yilda olib chiqishni mo’ljallab turibdi. Obamaning xizmat muddati o’sha yili tugaydi.

“Prezident Karzay o’ylamasdan ish tutadi. Favqulodda xavotir va gumonlar dunyosida yashaydi u. Buning uchun asos ham bor, albatta. Qo’shma Shtatlar 2017-yilda hamma askarini olib chiqmoqchi ekanini eshitgan Karzay boshqa yo’llarni qidira boshlaydi-da. Toliblar bilan shuning uchun gaplashayapti. Tushunsa bo’ladi”, - deydi u.

Oq uy matbuot kotibi Jey Karnining aytishicha, Obama 2014-yildan keyin Afg’onistonda qancha askar qoldirish haqida tugal qaror qabul qilmagan. Afg’on rahbari xavfsizlik bitimini imzolamasidan oldin biror narsa deyolmaymiz, deydi Obama.

“Kun o’tgan sari, yilga kirib borar ekanmiz, afg’on hukumati hamkorlik bitimini tezlatishini xohlar edik. NATO va Qo’shma Shtatlar 2014-yildan keyingi rejalarni tuzishi uchun yetarli vaqt bo’lishi kerak. Xavfsizlik haqida hujjat imzolanmasa, Amerkaning askari ham qolmaydi”, - deydi u.

Amerika-Afg’oniston aloqalari oxirgi oylarda taranglashgan. Noyabrda, masalan, Karzay Amerika bilan harbiy hamkorlikni davom ettirish haqidagi shartnomaga qo’l qo’ymasligini aytib qoldi. 5-aprelda prezident saylovlarida yutgan odam imzolasin u hujjatni, dedi Karzay.

Senat qurolli kuchlar qo’mitasi raisi demokrat Karl Levinni ko’proq qiziqtirgan masala – Afg’onistonning kelasi prezidenti hujjatni ma’qullaydimi?

“Maslahatim, Karzay ana qo’l qo’yadi-mana qo’l qo’yadi deb ko’p umid bog’lamaslik, chunki u bilan pishmaydigan ish bu. Yangi prezident haqida o’ylay boshlash lozim, chunki davlatni o’sha dam yaqin kelajakda boshqaradi”, - deydi u.

Afg’oniston prezidenti, bu orada, yaqinda qamoqdan bir necha tolibni qo’yib yubordi. Ayrimlarini Amerika o’z askarlarining o’limida ayblab keladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG