Jahonning turli burchaklaridan sara fotolar
Bugungi dunyo suratlarda - 11-sentabr, 2024
1
Nyu-Yorkda 23 yil avval 11-sentabr teraktlarida halok bo'lganlar xotirlanmoqda
2
Pentagonning 11-sentabr terakti sodir bo'lgan hududida barpo etilgan yodgorlik ziyorat qilinmoqda, Virjiniya shtati.
3
Nyu-York birjasida 11-sentabr teraktlari qurbonlari xotirasiga bir daqiqa sukut saqlandi
4
10-sentabr oqshomida AQShda prezidentlikka nomzodlar bahslashdi. Respublikachi, sobiq prezident Donald Tramp va demokrat, Vitse-prezident Kamala Harris orasidagi ilk debat tarixiy shahar Filadelfiyada bo'lib o'tdi. AQSh mustaqillik deklaratsiyasi shu shaharda bundan 248 yil oldin imzolangan.
O'shanda davlat asoschilari liberal va konservativ g'oyalar ustida olishgan bo'lsa, ikki yarim asr o'tib ham Amerika siyosiy maydonida shu ikki mafkura vakillari hukmron.