Dunyoning turli burchaklaridan sara fotolar ...
Bugungi dunyo suratlarda – 28-sentabr, 2023

1
Ozarbayjon Tog'li Qorabog'da ayirmachi guruhlar ustidan g'alaba qozongani ortidan Armanistonga qochib o'tgan etnik armanlar. Shu kungacha qochqinlar soni 66 mingdan oshgan.

2
Hindistonda donishmandlik, barqarorlik va omad xudosi sanalgan Ganesha buti dengizga olib ketilmoqda. 10 kun davom etadigan Ganesh Chaturti festivalida fil boshli xudoning tavallud kuni nishonlanadi.

3
Parijda moda haftaligi

4
Iroqning Hamdaniya hududida nikoh to'yida yuz bergan yong'indan keyingi manzara