Breaking News

Oilada zo'ravonlik va jinoyatchilik endi boshpana olish uchun asos emas


AQSh Adliya vaziri Jeff Seshns

AQSh Adliya vaziri Jeff Seshns muhojirlar uchun boshpana olish imkoniyatlarini qisqartirmoqda. Bundan keyin oilada va jinoiy to’dalar tomonidan zo’ravonlik AQShda boshpana olish uchun asos bo’la olmaydi. Bunday siyosat natijasida immigrantlar oqimi bir necha o’n mingga kamayishi kutilmoqda.

Seshnsning aytishicha, xorijiy mamlakatlarda jinoyatchilik bilan bog’liq muammolar, oiladagi mojarolar bu mamlakatlar fuqarolarining Amerikada boshpana olish uchun ariza topshirishga asos bo’lmasligi kerak.

“Noqonuniy muhojirlar va asossiz da’volar miqdori kamayadi endi. Noqonuniy immigratsiya oqimining oshishiga olib kelayotgan omillar yo’q bo’ladi”, - dedi Amerika adliya vaziri.

Seshnsning aytishicha, immigrantlar Amerikaning boshpana tizimidan foydalanib kelayotgan edi. Endi muhojirlar bilan shug’ullanuvchi sudyalarga ham hukm chiqarish oson bo’ladi, deydi u.

Immigratsion sudlar yuzlashayotgan muammolardan biri shuki, muhojirlarning boshpana uchun da’volarini tekshirish va tasdiqlashga ko’p vaqt ketadi, bu esa muhojirlarga Amerikada qolish uchun yetarlicha asosdir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG