Breaking News

Shashmaqom ustalari Nyu-Yorkda


Shashmaqom AQShni allaqachon zabt etgan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:02 0:00

Shashmaqom AQShni allaqachon zabt etgan

Amerikadagi Buxoro yahudiylari va o’zbekistondan kelgan san’at ustalari ishtirokida o’tgan IV Xalqaro shashmaqom festivali akademik Yunus Rajabiyning xotirasiga bag’ishlandi. Homiy - “Barhayot shashmaqom” jamg’armasi. Maqsad – xalqlarni shashmaqom orqali birlashtirish.

O’zbek-tojik xalqlari musiqa merosi bo’lgan shashmaqomni Amerikadagi Buxoro yahudiylari diasporasi targ’ib qiladi. Bu yo’lda O’zbekiston madaniyat ishlari vazirligi, O’zbekistonning Nyu-Yorkdagi konsullik bo’limi va Vashingtondagi elchixona bilan hamkor.

Ilk festival 2012 yilda atoqli san’atkor, yetuk maqom ijrochisi Turg’un Alimatovning ijodiga bag’ishlangan edi. Shundan beri festivalni xalqaro doirada o’tkazish an’anaga aylangan.

Mumtoz kuy-qo’shiqlarni O'zbekistondan kelgan yetuk san’atkorlar va Amerikada yashab ijod qilayotgan Buxoro yahudiylari ijro etdi. O’zbekistondan tashrif buyurgan maqom ustalari orasida Yunus Rajabiyning avlodlari ham bor.

“Shashmaqom festivalining bu galgisi akademik Yunus Rajabiyning 120 yilligiga bag’ishlaganimizning sababi, ustoz nafaqat shashmaqomni abadiylashtirdi, uning xizmatlari tufayli 80-100 yillar oldin ijod qilgan san’atkorlar nomi bizgacha yetib keldi.

Ustoz Rajabiy tufayli Mixail va Isroil Tolmasov, Gabriel Mullakanovlarning nomi dunyoga tanildi. Borux Zirkiyev birga ishlagan, Siroj Aminov, Izro Malakov, Isoq Kataev, Berta Davidovalar uning ansamblida ijro etgan.

Yunus Rajabiyning ko’plab yetuk shogirdlaridan eng kenjasi O’zbekiston xalq artisti Muhabbat Shamaeva bo’lgan.

Festivaldan oldin konferensiya uyushtirdik. Unda musiqashunoslar qatori, Rajabiylar sulolasi vakillari ham ishtirok etdi. Hasan Rajabiy Ishoq Mavashov homiyligidagi “Barhayot shashmaqom” jamg’armasi pul mukofoti bilan taqdirlandi. Uning o’zbek musiqa san’atiga qo’shayotgan hissasiga Buxoro yahudiylarining e’tiboridan mamnunligi bizni ham quvontirdi, albatta.

O’zbekiston madaniyati juda boy. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qo’qon, Xorazm musiqalari har biri o’ziga xos.

Shuningdek, bu galgi festivalni tashkil qilish oldingilaridan ko’ra ancha yengil kechganini va bu yo’lda bizga O’zbekiston Madaniyat ishlari vazirligining e’tiborini alohida e’tirof etmoqchiman, va ularga minnatdorchilik bildiramiz.

Nazarimda maqomlarni, O’zbekiston milliy musiqa g’oyasi darajasiga ko’tarish kerak. Maktablarda jiddiy o’qitilishi, ko’p-ko’p musiqa festivallari tashkil qilinishi kerak. Zero, xalq tinglasin, o’rgansin, kuylasin, zavqlansin, maqom shinavandasiga aylansin, musiqaning kuchini qadrlasin, ta’sirini anglab yetsin.

Buyuk allomalar Ibn Sino, Beruniy, Farobiy musiqaning kuchi, dardga shifo beruvchi xususiyatlari haqida o’z traktatlarida yozib qoldirgan”, - deydi tadbir tashkilotchilaridan biri, “Bukharian Times” gazetasi bosh muharriri Rafael Nektalov.

Shashmaqom Amerikada ham ijro etiladi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:29:52 0:00

Festivaldan jonli ijrolar to'g'ridan-to'g'ri feysbukdagi sahifamiz orqali jonli uzatildi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG