Breaking News

Kaliforniyada ekologik drankalar ishlab chiqarilmoqda


Kaliforniyada smog

Kaliforniya shtatining shimoliy hududlari nafaqat iliq iqlimi va sharobi bilan, balki tutunga to’la havosi bilan ham tanilgan. Smog tarkibida azot va oltingugurt oksidi kabi zararli gazlar bo’lib, tumanga o’xshab ketadi. Bunga, asosan, avtomobillardan chiqayotgan chiqindi gazlar sabab bo’lmoqda. Muammoni hal qilishda mana bu kichik granulalar ish berishi mumkin.

Kaliforniyada ekologik drankalar ishlab chiqarilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:47 0:00

“3M” kompaniyasi uy tomlarini yopishda ishlatiluvchi drankalarni fotokatalitik granulalar bilan qoplamoqda. Bu granulalar atmosferadagi qattiq zarralarni ajratib olib, ular bilan reaksiyaga kirishib, zarralarni suvda eriydigan oddiy tuzga aylantiradi. Shudring tushishi yoki yomg’ir yog’ishi bilan tuz yuvilib ketadi.

Biroq bunday ekologik drankalar oddiylaridan qimmatroqdir.

“Havoning ifloslanishiga qarshi kurashuvchi granulalar bor ekan, ulardan foydalanish kerak”, - deydi Jeyms Martines.

Janubiy Kaliforniya universitetining Ekologik salomatlik bo’limi mutaxassisi Ed Avolning aytishicha, granulalar hamon sinovdan o’tmoqda.

“Bu granulalarning kichik, yopiq, aniq, tinch muhitda ishlashi ma’lum, ammo ochiq havoda, katta hududda qanchalik samara berishini hozircha bilmaymiz”, - deydi olim.

“3M” kompaniyasiga ko’ra, mahsulot narxini past ushlab turish uchun har bir yangi tomning besh foizigina fotokatalitik granulalar bilan qoplanmoqda. Bu uch dona daraxtning havoni tozalash quvvatiga teng. Bir qaraganda bu ko’p emas, ammo Kaliforniyadagi hamma uylarning tomi shunday bo’lsa, shtat havosi ancha tozalanishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG