Breaking News

Texas - muqobil energiya sohasida yetakchi


Muqobil energiya - bugun va kelajak
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:00 0:00

Neft sanoati bilan tanilgan Texas shtati so’nggi yillarda muqobil energiya sohasida ham yetakchilikni qo’lga oldi. Serquyosh janubiy shtatda shamol va quyoshdan quvvat olish tobora rivojlanib bormoqda.

Shu yilning aprel oyida AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Texas Universiteti qoshidagi tadqiqot markazida bo’lib, oftobdan energiya olishning ekologik va iqtisodiy foydasi haqida so’zladi.

“Mana shu kabi energiya ishlab chiqarish obyektlari ko’paysa, millionlab odamlar ishli bo’ladi”, - degan Kerri.

Texasni boshqarayotgan konservatorlar iqlim o’zgarishiga ishonmasa-da, biznes nuqtai-nazaridan bunday loyihalarni qo’llab-quvvaylaydi.

Olis qishloqlarda o’rnatilgan shamol turbinalaridan arzon elektr energiyani shaharlarga yetkazish uchun shtat millionlab dollar sarmoya qilgan.

“Kelasi 5-10 yilda yangi elektr tarmoqlari quriladi. Demak, quyosh batareyalari ham ko’payadi”, - deydi tadbirkor Maykl Skelli.

Endi Boumanning kompaniyasi shamoldan quvvat olish bilan shug’ullanardi. Endilikda quyosh loyihalariga ham qo’l urmoqda.

“Ko’plab kompaniyalar bu daromadbop sohadan joy olishga intilyapti, chunki quyoshdan energiya olish arzonlashib ketdi. Batareyalar avvalgidek qimmat emas”, - deydi u.

Jennifer Ronk Xyuston shahrida alternativ energiya bo’yicha tadqiqotlar olib boradi. Unga ko’ra, quyosh va shamol birdek foyda keltiradi.

“Baland turbinalar kechqurungi kuchli shamollardan yaxshigina quvvat oladi. Quyosh panellari esa kunduzgi payt. Ikki sistema bir-birini muvozanatlaydi”, - deydi u.

Bizni quvontirgani, deydi olima, ortiqcha energiyani saqlash va keragida ishlatish uchun yangi turdagi batareyalar yaratilmoqda.

“Bu yo’nalishda izlanishlar izchil davom etayapti. Kelasi 3-5 yil ichida natijasini bilib olamiz”.

Suhbatdoshga ko’ra, Texas va boshqa shtatlarda kelgusida ko’mirdan foydalanish kamayishi mumkin. Bunga sabab - tabiiy gaz arzon va ta’minot oshgan.

“Yirik elektr zavodlari yopilib, butun dunyo quyosh va shamoldan foydalanishga o’tadi, deb o’ylamayman. An’anaviy manbalarning ham o’z o’rni bor. Yechimlar orasidan eng optimal yo’li topiladi”, - deydi Ronk.

Zamonaviy yadroviy reaktorlar ham toza energiya manbai, lekin ularning bahosi va qator fojialar sabab bu soha oldingi sur’atlarda rivonlanmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG