Quyosh nuridan elektr toki olishning yangicha usuli

  • Amerika Ovozi

Quyosh panellari

Eng so’nggi texnologiya tufayli, quyosh nurini endi panellarsiz elektr tokiga aylantirish mumkin. Quyosh panellarini tobora ko’plab imoratlar tomida ko’rsa bo’ladi hozir. Odamlar uyini isitishda va yoritishda quyosh nuridan foydalanishni o’rganib olgan.

Biroq quyosh nurlari imorat devorlariga ham tusharkan, tadbirkor Hasan Beygning kompaniyasi maxsus oyna yordamida bu nurlarni ham energiyaga o’girishni boshlagan.

“Bunday oyna yordamida uchta narsaga erishamiz: elektr tokiga, kun yorug’ligiga va issiqlikka”, - deydi “Build Solar” kompaniyasi asoschisi.

Oynadan ishlangan bu devorga 13 ta kichik quyosh panellari o’rnatilib, ular yordamida elektrik avtomobillarga zaryad, binolarga tok ishlab chiqarish mumkin yoki quvvatni to’plasa bo’ladi.

“Biz kichik hajmdagi quyosh panellarini yaratib, ularni mana shu oynali blok bo’ylab joylashtirib chiqdik. Shuningdek, aqlli optikani ham ichiga qo’ydik, u quyosh nurini kun bo’yi shu panellarga yo’naltiradi, shunda har bir paneldan ko’proq miqdorda elektr quvvati ishlab chiqsa bo’ladi”, - deydi Hasan Beyg.

Yangi ixtiro atrof-muhit uchun zararsiz bo’lishi bilan birga ajoyib tashqi ko’rinishga ham ega, unga turli rangdagi filtrlarni qo’ysa bo’ladi. “Build Solar” bu mahsulotini bozorga kelasi yili olib chiqmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG