Breaking News

Somalilik uch amerikalik Daishga qo’shilishga harakat qilgan


Yigitlar Yaqin Sharqqa safar qilishga uringani aytiladi.
Yigitlar Yaqin Sharqqa safar qilishga uringani aytiladi.

AQShning Minneapolis shahrida asli somalilik uch amerikalik Daishga qo’shilishga harakat qilganlikda ayblanib, sud qilinmoqda.

22 yashar Muhammad Faroh va Abdurahmon Dovud hamda 21 yashar Guled Umar xorijda qotilliklarni rejalagani uchun 15 yildan bir umrgacha qamalishi mumkin. Barchasi aybdor ekanini inkor etmoqda.

Ayblanuvchilardan birining onasiga ko’ra, Federal qidiruv byurosi ularni bir-biriga qarshi qo’yib, soxta ko’rsatma berishga majburlamoqda.

Somalilik amerikaliklar jamoasi faoli Sodiq Varfaning aytishicha, yigitlarning aybi sudda isbotlanmaguncha, ular aybsiz.

“Ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirish kerak. Jarayon yakuniga yetsin avval. Katta hay’at bor, oqlovchi so’nggi so’zini aytmadi hali. Nima bo’lganda ham jamoada ayb yo’q”, - deydi faol.

Ayblanuvchilarning Abdullahi Yusuf ismli sobiq do’sti ularga qarshi ko’rsatma bermoqda. Yusuf Suriyaga yo’l olayotganida aeroportda hibsga olingan edi. Daishga moddiy yordam ko’rsatganini tan olgan. Ayni damda u tergov bilan hamkorlik qilmoqda.

O’tgan hafta boshlangan sud jarayoni yana ikki hafta davom etishi mumkin.

"Islomiy davlat" haqida yangi kitob
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:58 0:00

Yoshlar va terrorizm - Islamic State/Western Youth
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:10 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG