Breaking News

Notinch Somalida taniqli jurnalist o'ldirilgan


Mogadishu - Somali poytaxti
Mogadishu - Somali poytaxti
Bugun Somali poytaxti Mogadishuda taniqli jurnalist o’ldirilgan. Yusuf Ahmad Abukar mashinasida ketayotganida portlab ketgan.

Abukar Yusuf Keynan taxallusi ostida mashhur edi. Uzoq yillardan beri notinch vatanidagi hayotni yoritib kelar edi. Mogadishudagi Mustaqbal FM radiosi boshlovchisi edi, shuningdek, Keniyada asoslangan va BMT homiyligidagi yuritiladigan “Ergo” insonparvar radio xizmatiga ishlar edi.

Politsiya jurnalistga kim hujum qilganini bilmaydi lekin bomba uzoqdan turib boshqarilgan.

Somalida hukumat va demokratik kuchlar bilan olishayotgan asosiy kuch bu al-Shabab ekstremist harakati bo’lib, uning maqsadi mamlakatni islomiy tuzumga aylantirish, shariani joriy etish.

Al-Shabab al-Qoidaning sharqiy Afrikadagi qanoti deya izohlanadi. Somali dunyodagi eng qashshoq va rivojlanmagan davlatlardan biri.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG