Breaking News

Afro-amerikaliklarning an’anaviy taomlari


"Soul food" nima? Vashingtondagi bir restoran
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:27 0:00

AQShda afro-amerikaliklar madaniyatidan kelib chiqqan taomlarni “soul food” deyishadi. Orombaxsh, ruhiy ozuqa degani. O’tmishda qullarga berilgan, kaloriya va oqsilga boy, to’yimli ovqatlar. Poytaxt Vashingtonda shunday menyuga ixtisoslashgan restoranlar ko’p.

“U” ko’chasidagi bir restoran hafta kunlari ham gavjum. Menyuda - qovurilgan tovuq, pishloqli makaron, shakarlangan meva va makkajo’xori noni.

“Soul food” degan atama 1960-70-yillarda qora tanlilar tenglik uchun siyosiy-ijtimoiy harakat boshlagan davrda paydo bo’lgan, ular taomlari bilan faxrlangan. 1700-yillardan boshlab ko’pchilik shunday ovqatlangan”, - deydi bosh oshpaz Oji Abbot.

Fuqarolik urushida qatnashgan afro-amerikaliklar yodgorligi yaqinida joylashgan “Oh va Ah” restoranida ovqatlanish ham arzon, ham mazali.

“Restoranimizga ko’p mashhur odamlar ham kelishadi. Jey-Z va Jey Koul singari san’atkor repperlar, Lebron Jeyms kabi sportchilar”, - deydi Abbot.

Afro-amerikaliklarning an’anaviy taomlari bu yerda hammaga ma’qul.

“Asli Texasdanmiz. Bolalik davrimizda qovurilgan tovuq, loviya, makkajo’xori nonidan ko’p yerdik. Lekin tovuq eng mazalisi”, - deydi mijozlardan biri Aleks Posente.

Bosh oshpaz Oji Abbot pazandalikka yoshligidan qiziqadi. Oshxonalarda ishlab tajriba orttirgan. Buvimdan qolgan retseptlar bugun restoranni yuritishda qo’l kelayotganidan baxtiyorman, deydi u.

“Afro-amerikaliklar tarixi, ajdodlarimiz nimalarni boshdan kechirgani haqida hamma biroz bilishini xohlayman. Yutuqlarimiz biz doim eshitadigan bir necha hikoyadangina iborat emas”, - deydi u.

Uning hikoyasi, shuningdek, madaniy-tarixiy ahamiyatga ega retseptlar restoranga xo’randalarni jalb qilishda davom etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG