Breaking News

Janubiy Dakotada yadro bombasiga chidamli uylar sotilmoqda


Bunker-uy modeli
Bunker-uy modeli

Ayrimlar nazarida qiyomat yaqin. Shunday ekan, so'nggi kunlarni rohat-farog'at va tinch o'tkazishga nima yetsin? Janubiy Dakota shtatida bir kompaniya har qanday falokat uchun turib bera oladigan bunker uylarni taklif etmoqda. Uylar hatto yadro bo'ronlari uchun ham chidamli.

"Borsa kelmas cho'l". Janubiy Dakotadagi bu hududni shunday deb atasa bo'ladi. Eng yaqin shaharga 30 daqiqada boriladi. Mobil aloqa yo'q. Atrof faqat o'nqir-cho'nqir yo'llardan iborat.

Lekin yer ostidagi manzara boshqacha.

"Ramkalarni tugatdik. Hozir panellarni o'rnatyapmiz. Har biri beton radiusiga moslab qirqiladi".

Skot Robertson "Vivos" kompaniyasida ishlaydi. Kompaniya rahbari Robert Visino.

"Bu 4600 gektar maydon. Janub tomonda 575 ta sobiq harbiy bunker bor. Chap tomonda esa yana 275 ta", - deydi Robert Visino.

Bunkerlar Ikkinchi jahon urushi davrida qurilgan harbiy bazada joylashgan. 1967-yil baza yopilguncha bu yerda o'q-dori va bombalar saqlangan. Bunkerlar juda mustahkam. Unga hatto radiatsiya ham kirmaydi, deydi Visino. Katta oilalarni ham o'z bag'riga sig'dira oladi. Bitta inshootning narxi 25 ming dollar.

Har birida to'rtta yotoqxona, oshxona va uy kinoteatri bor. Hatto dehqonchilik uchun kichik maydon ham mavjud.

"Bu parnikda oziq-ovqat o'stiramiz. Hatto baliq boqish mumkin. Akva hovuzchalar bo'ladi", - deydi kompaniya rahbari.

Visino sobiq harbiy bazaning xavfsiz ekaniga ishonadi. Okeandan olis, demak, sunami xavfi yo'q. Janubiy Dakota yadro bombasiga nishon bo'lishi ehtimoli ham kam.

U hatto kelajak shahriga aylanishi mumkin. Bu yerdagi bunkerlarga 10 mingta odam sig'adi. Falokat yuz bersa, bu yerga o'z vaqtida yetib kela olsangiz kifoya. Ichkariga kirib qulflanib olsangiz, tashqi tahdidlar sizga xavf sola olmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG