Breaking News

Janubiy Koreya shimol bilan muloqotni davom etish tarafdori


Janubiy Koreya rasmiylari Pxenyanda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un bilan uchrashmoqda, 6-mart, 2018-yil

Janubiy Koreya Prezidenti Mun Jey Inning aytishicha, uning mamlakati Shimoliy Koreya bilan muloqotni davom ettirgan holda kommunistik davlatning yadroviy va raketa tahdidlariga qarshi chora ko’rishga tayyor turishi ham kerak.

“AQSh bilan mudofaamizni kuchaytirishni davom ettiramiz. Shu bilan birga, Koreya yarimorolida tinchlikni saqlash uchun xalqaro hamjamiyat va qo’shni davlatlar bilan hamkorlikni ham kanda qilmaymiz. Kecha Shimoliy Koreyaga janubdan delegatsiya borgan. Tinchlik va farovonlik uchun tashlanayotgan bu qadam natija beradi degan umiddaman”, - dedi Janubiy Koreya rahbari.

Bu mamlakat rasmiylari Shimoliy Koreya lideri Kim Chen Un bilan nima haqda gaplashgani ma’lum emas, biroq muloqot ketidan Shimoliy Koreya televideniyesi tomonlar yana uchrashishga kelishgani haqida xabar berdi.

“Oliy rahbarimiz Mun Jey Inning oliy darajada uchrashuv uyushtirish taklifiga quloq tutdi va bu borada zarur ko’rsatmalar berdi”, - deyiladi Shimoliy Koreya matbuotida.

Janubiy Koreya delegatsiyasi AQShda ham bo’lib, shimol bilan muzokaralar tafsilotlari haqida hisobot berishi kutilmoqda.

Shimoliy Koreya tashqi tahdidlardan xalos bo’lsagina yadro quroli dasturidan voz kechishi haqida ma’lum qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG