Janubiy Koreya Konstitutsion sudi: Prezident ishdan ketsin

  • Amerika Ovozi

Sud hukmida aytishicha, prezident uzoq yillik do'sti Choy Sun Sil bilan til biriktirib, Koreya firmalaridan, jumladan, "Samsung" kompaniyasidan 69 million dollarlik pora olgan.

Janubiy Koreya Konstitutsion sudi Prezident Pak Gin Xe ishdan ketishini yoqladi.

Sud bugun, juma kuni bir ovozdan Pak Gin Xe ishdan ketsin, deya qaror qilgan.

Sud hukmida aytishicha, prezident uzoq yillik do'sti Choy Sun Sil bilan til biriktirib, Koreya firmalaridan, jumladan, "Samsung" kompaniyasidan 69 million dollarlik pora olgan.

Oliy sud raisi vazifasini bajaruvchi Li Jung Mi hukmni jonli televideniyeda o'qib eshittirdi.

"Prezident Pak o'zining konstitutsiyaga zid, noqonuniy harakatlari bilan xalq ishonchini poymol qildi", - dedi u.

Mamlakat rahbari da'volarni qayta-qayta rad etib keladi.

Bosh qomusga ko'ra, muvaqqat prezident va Bosh vazir Xvan Kyoan kelasi uch oyda yangi prezident saylovlarini belgilashi kerak. Qonunchilar dekabrda Prezident Pakning impichmentini yoqlab ovoz berganidan beri Bosh vazir Xvan yurtni boshqarib kelayapti.

Amerika Davlat departamenti matbuot kotibi Mark Tonerning aytishicha, mamlakat Bosh vazir Xvan bilan va keyinroq Janubiy Koreyaning yangi rahbari bilan ishlashda davom etadi.

Tonerning aytishicha, impichment Janubiy Koreyaning ichki masalasi va Amerika bu borada biror tarafning yonini olmaydi.

64 yoshli Pak Janubiy Koreyaning demokratik saylovlar yo'li bilan hokimiyatga kelib, ishdan olingan birinchi rahbaridir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG