Breaking News

Fazo yangiliklari


Nasaning Marsda uchadigan "Ingenuity" vertolyoti

Xalqaro fazo stansiyasining ta’mirlash, anjomlarni tashish va boshqa vazifalarini bajaruvchi “Canadarm2” roboti ochiq kosmosda fazoviy chiqindiga duch keldi.

Xalqaro hayot – 4-iyun, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:06 0:00

NASA - AQSh Fazo agentligiga ko’ra, koinotda kosmik chiqindilarning bir millimetr va undan kattaroq 100 million bo’laklari mavjud va olimlar nazarida, ular fazo apparati va orbitada uchib yurgan hamma narsa uchun xavflidir.

NASA va Kanada fazo agentligi tarqatgan tasvirdan ko’rinishicha, robotning chiqindi bilan to’qnashishi oqibatida unda teshik hosil bo’lgan.

Mutaxassislar robot faoliyatiga zarar yetmaganini aytdi.

Fazo mavzusini davom ettiradigan bo’lsak, NASA yangi rahbari, AQSh sobiq senatori Bill Nelson Quyosh sistemasining Yerga eng yaqin bo’lgan eng qaynoq sayyorasi Zuhraga ikkita apparat yuborilishini ma’lum qildi. Undan maqsad tadqiqot natijasida nega hayot faqat Yerda borligini tushuntirishga harakat qilish.

“Koinotda yagonamizmi? Bu ikkita missiya Quyosh tizimidan tashqarida joylashgan galaktikalar haqida ma’lumot olishda yordam berishi mumkinmi? Mana shularni bilish qiziq”, - deydi Nelson.

Bu Zuhraga birinchi missiya bo’lmaydi. AQSh va Sovet Ittifoqi 1960-yillarda sayyorani tadqiq qilish uchun bir necha apparat uchirgan.

Biroq hozir rejalanayotgan missiya eng zamonaviysi bo’ladi. 21-asr texnologiyasi yordamida olimlar Zuhrada okean bo’lganmi, ob-havosi, sayyora geologiyasining tarixi qanday bo’lgan degan savollarga javob olishga harakat qiladi.

Eng so’nggi missiya 1978-yilda bo’lgan edi. NASA Zuhrani “qaynoq, murosasiz va jahannam kabi” deb ataydi. Agentlik apparatni 2030-yilgacha uchirishni ko’zlamoqda.

Va fazoga oid so’nggi xabar. NASAning Mars sayyorasi osmonida o’tgan oy birinchi marta parvoz qilgan kichik hajmli vertolyoti ilk nosozlikka uchradi. Uning navigatsiya tizimiga yordam beruvchi kameralaridan biri bir necha soniyaga ishdan chiqdi. Natijada vertolyot qayerdaligini aniq bilmay uchgan. Vertolyot salkam 1 daqiqada o’ziga kelib, belgilangan joydan 5 metr nariga qo’ngani aytiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG