Breaking News

Ispaniyada monarxiyaga qarshi kayfiyat kuchaymoqda


Ispaniyada monarxiyaga qarshi namoyishlar kuzatilmoqda. So’nggi ommaviy so’rovda qatnashgan kataloniyaliklarning 66 foizi respublika tarafdori, 14,6 foizi monarxiyani saqlab qolish istagini bildirgan.

Xalqaro hayot – 23-oktabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:44 0:00

“Xalq tomonidan tanlanmagan odamga bo’ysunishni istamaymiz”, - deydi namoyishchilardan biri.

Ispaniya qiroli har gal Kataloniya mintaqasiga borganida norozilik namoyishlari bilan qarshilanadi.

“Qirolning bizga keragi yo’q. Biz respublikachilarmiz”, - deydi yana bir namoyishchi.

Kataloniyaliklar nazarida, adliya tizimi o’lka mustaqilligini targ’ib qilgan rahbarlarga uzoq muddatli qamoq jazolarini belgilab, monarxiya va Ispaniya yaxlitligini himoya qiladi.

"Qatag’onlarni bas qilib, munozarani siyosiy yo’l bilan hal etish kerak. Qamoqqa tashlash bilan ish bitmaydi”, - deydi Kataloniyaning vaqtincha prezidenti Pere Aragones.

“Ovoz” millatchi partiyasi rasmiylari qonun barchaga birday qo’llanishini aytadi.

“Tergov aybini aniqlagan bo’lsa, jazo chorasi belgilanadi. Protsessual kafolatlar ta’minlangan”, - deydi partiya huquqshunosi Xuan Kremades.

Ispaniyaning atigi uchta, ammo ancha qudratli bo’lgan Madrid, Andalusiya va Valensiya mintaqalari aholisi monarxiya Ispaniyaga mos ekanini so’rovda aytgan.

Kataloniya ahli esa kelasi fevral oyida bo’ladigan mahalliy saylovlarda o’z siyosiy qarashlarini yana bir bor bildirish imkoniga ega bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG