Breaking News

Koronavirusdan qattiq zarar ko’rgan Ispaniyada karantin yengillashtirilmoqda


Ispaniya koronavirusdan qattiq jabr ko’rgan mamlakatlardan biri bo’lib, mart o’rtalarida karantin joriy etilgan edi. Bosh vazir Pedro Sanches bu choralar asta-sekin yumshatilayotganini ma’lum qildi.

Xalqaro hayot – 22-aprel, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:12 0:00

“Ijtimoiy intizom tufayli o’n minglab odamlarning hayoti saqlab qolinganini unutmanglar“, - dedi u.

Ispanlarning aksariyati ijtimoiy masofani saqlash kabi choralarga amal qilmoqda. Ayrim sanoatlar qayta ochilmoqda, xizmatchilar ancha xotirjam ko’rinadi. Qo’rquvning bu qadar tez unutilishi ba’zilarni xavotirga solyapti.

“Har kuni kuchuklarini qayta va qayta aylantirishga olib chiqayotgan odamlarni ko’rsa bo’ladi, ba’zilar tinmay do’konga qatnayapti. Bunday qilish to’g’ri emasligini ularga eslatish kerak. Biz har kuni kelavermang deb ogohlantiryapmiz ularni. Ammo ayrimlar e’tibor bermayapti, boshqalar bilan ishi yo’q, o’zlarini o’ylashyapti”, - deydi sotuvchi Vanessa Sanches.

Bolalarga 14-martdan beri uyni tark etish taqiqlangan, hozircha ko’plari bunga rioya qilyapti. Hukumat bolalarga qo’yilgan cheklovlarni ham yumshatmoqchi.

“27-apreldan boshlab bolalar ko’chaga chiqishi mumkin bo’ladi“, - dedi bosh vazir.

Ispaniyaning normal hayotga qaytganidan keyingi qadamlari va choralari koronavirus yuqtirish statistikasiga ta’sir qilishi aniq. Agar kasallanganlar ko’paysa, cheklov choralari qayta joriy etilishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG