Breaking News

Ispaniyada faollar xorijiy mehnat muhojirlarini qonuniylashtirishga chaqirmoqda


Spain Migrants

Ko’plab mamlakatlarda bo’lgani kabi Ispaniyada ham koronavirus pandemiyasi iqtisodiyotga salbiy ta’sir qildi. Eng qattiq zarar ko’rgan tabaqa bu - migrantlar. Inson huquqlari faollari hukumatdan ishchi migrantlar mavqesini qonuniylashtirishni so’ramoqda. Ayrim ish beruvchilar ularning huquqsizligidan foydalanib, pul bermay ishlatmoqda.

“Masalani nazoratga olish kerak, chunki bu odamlar ispan jamiyatining bir qismiga aylangan. Ayrim qonunlar eskirgan va jamiyatning bugungi ehtiyojlarini yoki migratsiya harakatlarini hisobga olmaydi. Ushbu muammoni hal qilishimiz kerak”, - deydi 20 ta mustaqil xayriya tashkilotini birlashtiruvchi “Oxfam International” tashkilotidan Yeva Garson.

Ispaniyada migrantlar nafaqat qishloq xo’jaligida, balki koronavirus pandemiyasidan himoya qilish bilan bog’liq ishlarda ham mehnat qiladi.

Masalan, aksariyati qariyalarga qaraydi.

Huquq tashkilotlari Ispaniya hukumatini Xalqaro mehnat tashkilotining mahalliy ishchilar huquqlarini himoya qiluvchi 189-konvensiyasini imzolashga chaqirib keladi.

“Xonadonlarda ishlovchi hujjatsiz, noqonuniy migrantlarni xo’rlashadi. Bu ishlar boshimizdan o’tgan. Ayollar uyushib harakat qilishi kerak. Ko’plar huquqlarini bilmaydi”, - deydi Amaliya Kabalyero ismli ekvadorlik mehnat muhojiri.

Ispaniyaning o’ng qanot “Ovoz” partiyasi ishchi migrantlarga huquqiy maqom berilishiga qarshi ekan, mamlakatda ishsizlik sur’ati 15 foizdan ko’p ekaniga ishora qiladi. Partiya nazarida, migrantlarni qonuniylashtirish ketidan mamlakatni xorijliklar bosib ketadi.

“Insonlarga yaxshilik qilmoqchi bo’lgan tashkilotlarni tushunamiz, biroq davlat jarimalarni kechirmaydi, hukumat qirolning siz va menga o’xshash fuqarolar uchun chiqargan qonunlari ijrosini nazorat etishi kerak. Immigratsiya qonuniy va tartibli bo’lishi shart, hech kim uchun istisno qila olmaymiz”, - deydi partiyaning Barselonadagi rahbari Xuan Garriga.

Ispaniya iqtisodiyoti pandemiya ta’siri ostida tushishda davom etarkan, ish beruvchilar hujjatsiz mehnat muhojirlariga maoshlarni kam yoki kech to’lab, ularni xo’rlash amaliyotini to’xtatgani yo’q.

Chorasiz bu insonlar bunday sharoitga chidashga majbur.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG