Breaking News

Ispaniyada futbol chempionati 12-iyunda jonlanishi mumkin


Yevropaning ko’p mamlakatlarida koronavirus bilan bog’liq karantin yumshatilar ekan, Ispaniyada futbol klublari maydondagi mashg’ulotlarni jonlantirmoqda.

La Liga chempionatni 12-iyun kuni davom ettirishga umid qilmoqda. Barselona o’yinchilari o’tgan juma kuni mashg’ulotlarni boshlab yuborgan. Yakshanba kungi dam olishdan so’ng Messi va Suares jamoasi maydonga qaytgan. Klub ayni damda 1-o’rinda.

Barselonadan ikki ochko ortda ketayotgan Madridning Real jamoasi ham 3 oydan ortiq davom etgan tanaffusdan so’ng mashg’ulotlarga qaytgan.

Virus tarqalishining oldini olish maqsadida o’yinchilar ikki smenada individual tartibda, ma’lum masofani saqlagan holda shug’ullanmoqda.

O’tgan hafta Ispaniyaning oliy va birinchi ligalarida qatnashayotgan klublar o’yinchilari virusga testdan o’tgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG