Breaking News

Afg'onlarga maxsus viza hozircha berilmaydi


AQShning Kobuldagi elchixonasi harbiylar bilan ishlagan mahalliy mutaxassislarga immigratsiya uchun yo'l ochadigan viza berishni bas qiladi. Amerikaga bunday viza bilan borish odatda bu davlat uchun uzoq yillar ishlagan kadrlarga nasib etadi.

Davlat departamenti 1-martdan binoan bunday hujjat uchun anketa qabul qilishni to'xtatdi.

5-mart kungi e'longa ko'ra, oxirgi 1437 immigratsion viza rasmiylashtiriladi. Anketasi ko'rib chiqilishni boshlagan 15 ming afg'on ishi esa mavhum.

O'tgan yillar mobaynida minglab fuqarolar AQSh armiyasi va boshqa xizmatlarga ishlagani uchun taqdirlangan. Ayrimlari Amerikada qiynalganini aytib, ortga qaytgan yoki qo'shimcha yordam so'rab keladi. Lekin aksariyat hollarda muhojirlar yangi hayotidan mamnun.

Amerikalik zobit va uning tarjimoni, Nangarhor viloyati
Amerikalik zobit va uning tarjimoni, Nangarhor viloyati

Davlat departamentining bildirishicha, immigratsion vizalar sonini Kongress belgilaydi.

Qo'shma Shtatlar Afg'onistonga har tomonlama yordamni davom ettiradi, deydi ramsiylar, lekin yangi ma'muriyat o'zgarishlar qilishga bel bog'lagan. Bu mamlakatga nisbatan siyosat qayta ko'rib chiqilmoqda.

Qochqinlar bilan ishlaydigan xalqaro tashkilotlar qayd etishicha, G'arb davlatlari uchun ishlagan afg'onlar hayoti doimiy xavf ostida. Vatanini tark etishga majbur bo'layotganlar orasidda AQSh uchun tarjimonlik qilganlar, yordamchi bo'lib ishlaganlar, chet el tashkilotlari va idoralarida faoliyat yuritganlar ko'p. Maxsus vizalar ularga najot, deydi huquq himoyachilari.

AQShning Afg'onistondagi elchixonasi, Kobul
AQShning Afg'onistondagi elchixonasi, Kobul

Maxsus immigratsion viza programmasi 2008-yilda Kongress tomonidan joriy etilgan. Dastlab aynan AQSh qurolli kuchlarida tarjimon sifatida ishlaganlarga bu davlat darvozasini ochish maqsad qilingan. Keyinchalik vizaga loyiq insonlar qatoriga Amerika uchun boshqa jabhalarda ishlaganlar ham qo'shilgan.

2015 va 2016-yillarda 7000 immigratsion viza berilgan. So'nggi yillarda qonunchilar va siyosatchilar orasida bunday dasturlarga qarshilik oshdi.

Yaqingacha Kongress a'zosi bo'lgan, endi esa Adliya vaziri, respublikachi Jeff Seshens bu vizalar sonini ko'paytirish kerak deb keladi.

Kongressda bu dasturni kengaytirish uchun harakat qilayotgan demokrat va respublikachilar bor. Ular yaqin orada yangi qonun loyihasi bilan chiqishi mumkin.

Prezident Donald Tramp Amerikaga kelayotgan qochqinlar sonini bu yili 50 mingga cheklab qo'ygan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG