Breaking News

Ikki sportchi ayolning yoshlarga o’rnak bo’ladigan qissasi bilan tanishing.

92 yoshli fulbol treyneri Mariya Ramos o’z jamoasi oldida ko’z ilg’amas tuyulsada, uning yoshi orzulari treynerlik faoliyatiga to’sqinlik qilolmadi. Mariya Ramos Peru poytaxti Lima shahrida o’smirlar fulbol jamoasini boshqaradi.

“40 yildan beri shu yerdaman. Ungacha Barranko okrugida yashaganimdayoq jamoa tuzgandim. Sport bilan shug’ullanayotganimga shuncha yillar bo’lib ketibdi”, - deydi u.

Maria Ramos qattiq qo’l treyner. Uning uchun intizom muhim. Jamoadagi o’yinchilar uni yaxshi ko’rib Katta ona deb chaqirishadi.

“Xudo kuch quvvat bergancha shu ishdaman. Futbol deb jon bersam kerak, bilmadim. Treynerlik qilaveraman, to’xtamayman”, - deydi Mariya Ramos.

Yana bir sportchi basketbolchi ayol - Virjiniya Makleyn, hali ham raqs tushadi. 106 ga kirganda Barak Obama bilan Oq uyda o’ynagan. Biroz qo’llab yuborishsa, basketbolga ham tushib ketaveradigan shashti bor.

Bu yil Makleyn xonim 109 yoshga to’ladi. Tug’ilgan kunini Vashingtondagi boshlang’ich maktablardan birida ham nishonlandi.

“Bolalar bilan birga bo’lishdan ortiqroq baxt bormi bu dunyoda. Yuragim yayradi ular bilan”, - deydi 109 yoshli Makleyn.

Uchinchi yildirki bu uning tavallud kuni sportchilar va maktab o’quvchilari bilan noshonlanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG