Breaking News

Shri-Lankadagi xurujlarga aloqadorlik gumoni bilan 24 odam ushlangan


Shri-Lankada qator xurujlar oqibatida 290 odam nobud bo’lgan, 500 dan ziyodi jarohat olgan. Rasmiylar “Jamaat at-Tavhid al-Vataniya” guruhini bu ishda ayblamoqda. Pasxa kuni bir necha shahardagi mehmonxonalar va cherkovlarda sodir etilgan xurujlar jahon hamjamiyatini larzaga soldi.

Xalqaro hayot - 22-aprel, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:29 0:00

Uch cherkov va uch mehmonxonadagi xurujlarni yetti nafar suiqasd bombachi amalga oshirgan. Sog’liqni saqlash vaziri Rajitxa Senaratnening aytishicha, terrorchilarning barchasi shri-lankalik. Rim papasi Fransisk qurbonlar oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

“Fojiada nobud bo’lganlarni Yaratganga topshirdim. Yaradorlarning yaxshi bo’lib ketishi uchun ibodat qilaman”, - dedi Rim Katolik cherkovi rahbari.

AQSh Prezidenti Donald Tramp ham boshqa davlat rahbarlari qatorida xurujlarni qoraladi.

Poytaxt Kolomboda komendant soati joriy etilgan, ijtimoiy sahifalar vaqtincha bloklangan.

“Bu ishga aloqador har bir odamni hibsga olishni buyurdim”, - dedi Bosh vazir Ranil Vikramasingxe.

Mudofaa vaziri Dinendra Ruvan Vijevardenening aytishicha, xurujlar ortida diniy ekstremistlar turibdi. 24 kishi ushlangan, qidiruv ishlari davom etmoqda. Xurujga aloqadorlikda gumon qilinayotgan “Jamaat at-Tavhid al-Vataniya” guruhi haqida ma’lumot kam, oldin xurujlarga qo’l urmagan.

Qurbonlarning 39 nafari xorijliklar, jumladan daniyalik milliarder Anders Xolx Poblsenning uch farzandi.

Shri-Lanka milliy xavfsizlik xizmati 10 kun oldin xurujlar ehtimoli haqida ogohlantirilgan edi, ammo chora ko’rmagan.

“30 yilliik fuqarolar urushi davomida Kolombo ko’plab portlashlarni ko’rgan. Aeroportlar, Markaziy bank, shunga o’xshash joylar portlatilgan edi. Ammo bu 10 yil oldin bo’lgan edi, tinchlikka ancha o’rganib qolgan edik”, - deydi kolombolik bu odam.

Mamlakat bo’ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG