Breaking News

Shri-Lankada iqtisodiy tanazzul siyosiy inqirozga turtki berdi

Poytaxt Kolombodagi vaziyat
Poytaxt Kolombodagi vaziyat

Shri-Lankada aholi davlatni boshqarayotgan sulola vakillari va uning tarafdorlariga qarshi g’alayon qilmoqda. Dushanba kuni hukumatga xayrixoh odamlar namoyishchilarga hujum qilishi ketidan vaziyat keskinlashgan. Shu kunga qadar kamida 9 odam o’lgan. Poytaxt Kolomboda komendant soati yangidan e’lon qilindi.

Xalqaro hayot - 12-may, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:48 0:00

Bugun mamlakat prezidenti Gotabaya Rajapaksa 2019-yildan beri bosh vazir bo’lgan akasi Mahinda Rajapaksani ishdan olib, uning o’rniga bungacha besh marta bosh vazir bo’lgan Ranil Vikramasingxeni tayinladi. Mahinda 2015-yilgacha 10 yil prezidentlik ham qilgan.

Rajapaksalar sulolasi mamlakatni uzoq yillardan beri boshqaradi. Aka-ukalar va ularning farzandlari hukumatdagi yirik lavozimlarni egallab kelgan.

Bugun namoyishchilar Kolomboda bosh vazir idorasini ostin-ustun qilib, prezident iste’fosini talab qildi. Gotabaya Rajapaksa siyosiy kuchlarga murojaat qilib, milliy birlik hukumatini tuzishga chaqirgan, biroq muxolifat ham uni lavozimidan ketishga da’vat etarkan, hozirgi hukumat bilan hamkorlik qilmasligini bildirmoqda.

Ishdan olingan bosh vazirning o’zi hozir mamlakat shimoli-sharqidagi harbiy bazada yashiringan.

Harbiylar ko’chalarni nazorat qilmoqda.

Yuqori inflyatsiya, yoqilg’i, dori-darmon va boshqa muhim mahsulotlar tanqisligi minglab odamlarni bir oydan beri namoyish qilishga majburlamoqda. Mamlakat valyuta zaxirasi 50 million dollar atrofida qolgani aytilmoqda.

Namoyishlar dushanba kunigacha nisbatan tinch edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG