Breaking News

Amerikalik talabalar saylov debatlarida siyosiy tajriba orttirmoqda


Manchester shtatidagi debat paytida

AQShda prezidentlikka nomzodlar o’rtasida munozaralarni oliygohlarda o’tkazish ko’p uchraydigan holat. Masalan, Demokratik partiyadan nomzodlar Nyu-Gempshir shtatidagi o’zaro debatlarini talabalar guvohligida uyushtiradi. Amerikada universitetlar odatda yaxshi jihozlangan bo’lib, telemunozaralarni o’tkazish uchun qulay hisoblanadi. Bundan tashqari, debatlar talabalarga siyosiy bilimlarini oshirishga, muhim siyosiy jarayonda qatnashishga yordam beradi.

Bugun Nyu-Gempshir shtatida demokrat va respublikachilarning yagona nomzodlikni qo'lga kiritish uchun partiyaviy saylovlari bo'lib o'tmoqda. Bundan to'rt kun oldin esa Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzodlar Manchester shahridagi Avliyo Anselm kollejida o'tgan teledebatda bellashdi. "Amerika Ovozi" o'sha tadbirda bo'lib, talabalarning 2020-yil prezident saylovlari doirasida o’tkazilayotgan jarayonga qiziqishini o’rgandi.

Avliyo Anselm kollejining ba’zi talabalari debatlarni uyushtirishda bevosita ishtirok etgan. Ba’zilari nomzodlarga yoki axborot kanallariga ko’ngilli sifatida xizmat qilgan, boshqalari esa debat paytida nomzodlarga savollar bilan murojaat qildi, yana kimdir munozaralarni o’z ilmiy ishlarida aks ettirishni rejalagan. Tadbir ko’p yoshlar uchun yaxshi imkoniyat va tajriba bo’ldi.

“Men mahalliy gazeta muharririman. Rahbarim matbuotning debatga munosabatini yoritishimni so’radi. Talabalar juda ko’p bu yerda. Ular siyosatga tobora ko’proq qiziqish bildirmoqda, savollar berishmoqda, masalan, iqlim o’zgarishi yoki talaba qarzlari haqida. Fikrlarimizni bildirish biz uchun juda muhim”, - deydi talaba Janel Fassi.

Debatni uyushtirishda qatnashmagan studentlar ham mamlakat miqyosidagi bunday jiddiy tadbir ularning kollejida o’tayotganidan xursand.

“Kichik oliygohimizning shunday katta bir markazga aylanganini ko’rish ajoyib. Debat kollejning muz maydonida o’tdi. Men bu yerda konkida uchishni yaxshi ko’raman. Nomzodlarning ham shu yerda bo’lganiga aql bovar qilmaydi”, - deydi Katrin Gardella.

Demokratik va Respublikachilar partiyalaridan yagona nomzod bo’lish uchun birlamchi saylovlarga startni Avliyo Anselm kolleji joylashgan Nyu-Gempshir shtati berdi. Odatda ilk shtatlarda yaxshi natija ko’rsatgan nomzodlar keyinchalik ham poygadan tushmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG