Breaking News

21-avgust kuni AQShda Quyosh tutilishini tomosha qilish mumkin


2012-yildagi Quyosh tutilishi, Denver shahri, Kolorado shtati
2012-yildagi Quyosh tutilishi, Denver shahri, Kolorado shtati

21-avgust kuni AQShning ko’p joylarida ajoyib va kam uchraydigan manzaraga guvoh bo’lish mumkin - Quyosh butunlay tutilishi kutilmoqda. Garchi Oy Yer va Quyosh o’rtasida tez tez o’tib tursa-da, to’liq tutilish kamdan-kam uchraydigan holat va dunyoning ma’lum chekkalarida bo’ladi, xolos.

Agar Oy Yer atrofida bir kunda bir marta aylansa, nega Quyosh tutilishlari onda-sonda uchraydi?

“Oy Yer atrofida, Yer esa Quyosh atrofida turli tekislikda aylanadi. Og’ish taxminan 5 darajani tashkil etadi. Bu degani, Oyning soyasi ba’zida Yerdan teparoqda, ba’zida pastroqda bo’ladi. Ammo ba’zi hollarda Oy Yer bilan bir chiziqda bo’lib, undan tushgan soya qisman yoki to’liq Quyosh tutilishiga sabab bo’ladi”, - deydi NASA olimi Aleks Yang.

Oy osmonning yarim darajasini qoplaydi, xolos, shu sabab uning soyasi ikki ko’rinishga ega - to’liq va yarim. To’liq soyaning eni 112 kilometr bo’lib, Amerika bo’ylab soatiga 2400 kilometr tezlikda o’tadi. Uni kami bilan 2, uzog’i bilan 7 daqiqa kuzatish mumkin bo’ladi.

Olimlar Quyosh toji va uni qoplab turgan plazmadagi aurani o’rganish imkoniyatidan xursand.

“Odatda u o’ta yorug’ bo’lmaydi, shuning uchun uni ko’ra olmaymiz. Ammo Quyosh to’liq tutilganda bunga guvoh bo’lish mumkin. Ana shu payt turli jarayonlar, magnit portlashlari sodir bo’ladi. Toj o’ta qaynoq bo’ladi, buning sababini haligacha bilmaymiz. Quyoshdagi barcha jarayonlarni o’rganmoqchimiz. Axir Quyosh Yer va quyosh sistemasidagi barcha sayyoralarga ta’sir qiladi”, - deydi olim Nikolin Vial.

Quyosh tutilishini tomosha qilayotganda ko’zga zarar bo’lmasligi uchun maxsus ko’zoynak taqish kerak, chunki eng to’q oddiy ko’zoynak ham ko’zni himoya qila olmaydi.

Yana bir yo’li - karton qutidan maxsus moslama yasash. Buning uchun qutining bir tomonida ikkita kvadrat teshik hosil qilinadi, ikkinchi tomonida esa bitta kattaroq. So’ng teshiklardan biri alyumin qog’oz bilan yopilib, o’rtada teshikcha teshiladi. Qutining orqa tomonidagi kattaroq teshik esa oq qog’oz bilan yopiladi.

Quyosh nuri alyumin qog’ozdagi teshikka tushishi kerak, siz esa qutining boshqa tarafidan qarang.

Agar shu kuni osmonni bulutlar qoplamasa, ajoyib manzaraga guvoh bo’lasiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG