So'z erkinligi zo'ravonlikka yetaklashi mumkinmi?

  • Amerika Ovozi

Irqchilardan biri mashinasini olomonga urib, 32 yashar ayolning o’limiga sabab bo’ldi

Prezident Donald Tramp Virjiniya shtatining Sharlotsvil shahrida shanba kuni oq tanli millatchilar namoyishi paytida yuz bergan zo’ravonliklarda millatchilarni ochiq ayblamagani uchun tanqidga uchradi, ammo dushanba kungi bayonotida u neonatsistlar, Ku-kluks-klan tashkiloti, oq tanli millatchilar va adovatga berilgan boshqa guruhlarni irqchilik va jinoyatda aybladi.

"Irqchilik qabihlikdir. Irqchilik nomi bilan zo'ravonlikka qo'l urganlar jinoyatchilardir. Ular Amerika qadriyatlarini oyoqosti qilmoqda”, - dedi u.

Turli shtatlardan Sharlotsvilga to’plangan millatchilar namoyish qilib, millatchilikka qarshi faollar bilan mushtlashdi. Irqchilardan biri mashinasini olomonga urib, 32 yashar ayolning o’limiga sabab bo’ldi. 20 yoshli haydovchi qotillikda ayblanmoqda. Halok bo’lgan Xezer Xeyer irqchi va millatchilar namoyishiga qarshi turgan odamlar tarafida edi.

Fuqarolik huquqlari himoyachilariga ko’ra, so’z erkinligining jamoatchilikka tahdidi darajasini doim ham oldindan bilib bo’lmaydi.

Laura Myorfi so’z erkinligi bo’yicha mutaxassis, Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqi tashkilotida salkam 20 yildan beri ishlaydi.

"Harakatlarni so’zlardan farqlashni bilish juda muhim. Oliy sud o’ta provokatsion, nafratli so’zlarning aytilishiga ruxsat bergan. Bu yomonmas, chunki agar odamlar bu haqda gapirmasa, vaziyatni o’zgartira olmaydi", - deydi Myorfi.

Gabe Rottman Konstitutsiyadagi Birinchi tuzatish bo’yicha ekspert.

"Agar erkin gapira olmasangiz, Birinchi tuzatishidan foyda yo’q. Huquq-tartibot organlari so’z erkinligiga to’g’anoq bo’lmasligi kerak. Agar zo’ravonlik ehtimoli vujudga kelsa, har ikki tomon xavfsizligini ta’minlash, mushtlashishning oldini olish uchun taraflarni bir-biridan yetarli masofaga ajratib qo’yish zarur”, - deydi u.

Yahudiy ruhoniy Marvin Xayerning aytishicha, so’z harakatga, toqatsizlikka yetaklaydi.

"Ba’zida ayni iboralar qo’llana boshlaganida buning nimaga yetaklashini payqash mumkin, shunda buning oldini olishga harakat qilish kerak. Odamlarni o’qitish kerak, maktabdan boshlash lozim", - deydi ravvin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG