Breaking News

Gulnora Karimova bilan bog'liq korrupsiya ishi Shvetsiyani larzaga solgan


Ola Uesterberg, Gulnora Karimova bilan bog'liq korrupsiya ishini yoritib kelayotgan shved jurnalisti

Shvetsiyaning eng yirik kompaniyalaridan biri “TeliaSonera” O’zbekistonda biznes qilish uchun bu davlat rahbarining qizi Gulnora Karimovaga yuzlab million dollar pora berganlikda ayblanar ekan, omma dahshatda. Shvetsiya boshqa Skandinav mamlakatlari qatorida korrupsiyadan eng toza jamiyatlardan biri hisoblanadi. 10 millionga yaqin aholiga ega osuda o’lka oshkoralik va shaffoflikda dunyoda yuqori o’rinda turadi. O’tgan uch yil mobaynida shved xalqi O’zbekiston, yulg’ichlik va uyali telefon sanoatining kirdorkorlari haqida ko’p narsani bilib oldi.

Sweden-Uzbekistan-TeliaSonera - Ola Westerberg, Swedish Journalist - Navbahor Imamova, VOA Uzbek
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:19 0:00
Shved jurnalisti Ola Uesterberg mamlakatdagi eng yirik korrupsiya ishini yoritib kelmoqda - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:30 0:00

Ola Uesterberg (Westerberg) - Shetsiyaning kamtarin va mehnatkash jurnalistlaridan, Tidningarnas Telegrambyrå (TT) axborot agentligining muxbiri. Usterberg mamlakat yaqin tarixidagi eng katta masalalarni yoritgan bo’lishi mumkin lekin bilmagan narsasini ochiq tan oladi.

Neytral, chekka, tinch, farovon va so’lim bir mamlakatning O’zbekiston bilan uncha ishi yo’q edi balki, biroq “TeliaSonera” mobil kompaniyasi uchun respublika Markaziy Osiyodagi boshqa jamiyatlar singari ochilmagan dunyo, biznes qilish uchun ayni muddao edi.

Shvetsiya Bosh prokuraturasining bildirishicha, davlat va aksionerlar egalik qiladigan “TeliaSonera” Prezident Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaga ulkan miqdorda pora berib, O’zbekiston bozoriga kirib borgan va bugungacha faoliyat yuritmoqda. Jurnalistik tekshiruvlar gap kamida 340 million dollar haqida ketayotganini ko'rsatadi. Yevrosiyo davlatlari bo’ylab “TeliaSonera” yarim milliardga yaqin xaridorga ega. “Ucell” mobil xizmatidan foydalansangiz, bilingki, siz “TeliaSonera” tizimidasiz.

Ola Uesterbergning hikoya qilishicha, pora berganlik haqidagi ayblovlarni boshida tan olmagan kompaniya o’zini himoya qilishga harakat qildi lekin u yollagan advokatura qing’ir ishlarni yashira olmadi, nafaqat O’zbekistonda balki sobiq ittifoqning boshqa davlatlarida ham, jumladan Tojikiston, Ozarbayjon, Qozog’istonda. 2013-yilning boshida Lars Nayberg kompaniya rahbarligidan ketdi, keyinroq esa yuqori lavozimdagi yana to’rt kishi.

Biroq qog’ozbozlik va turli yuridik talablar tufayli tergov juda sekin kechdi va kechmoqda. Ola Uesterberg o’z tasarrufidagi ma’lumotlarga tayanib shuni aytadiki, O’zbekiston bilan bog’liq ish bo’yicha yil oxirigacha bir necha kishiga jinoiy ayblov qo’yilishi muqarrar. “TeliaSonera” ga ishlagan bu shaxslar allaqachon ogohlantirilgan.

O’zbekiston hukumati shved tergovchilari bilan hamkorlik qilmayapti va ularning iltimoslarini qondirmagan, deydi jurnalist o’zi bilganlariga asoslanib. Lekin, deya qo’shadi Uesterberg, masalaga Amerika aralashgani jarayonni jadallashtirishi aniq.

AQSh ta’siri allaqachon sezilmoqda, masalan Shveytsariya va Shvetsiyadagi banklarda Gulnora Karimovaga tegishli deya gumon qilingan hisoblarning muzlatilgani ortida Vashington bosimi turibdi, deydi u.

Prezident qiziga pora berib O'zbekistonda biznes boshlagani da'vo qilinayotgan Norvergiyaning “Telenor” va Gollandiya hamda Rossiyada asoslangan VimpelCom va MTS kompaniyalarining aksiyalari ham Nyu-Yorkdagi qimmatbaho qog’ozlar bozorida pullanadi, qolaversa AQShdek eng yirik moliyaviy tizimni chetlab o’tish bu xalqaro bizneslar uchun juda qiyin.

Shunday ekan, Amerika ularning qora ishlarini tekshirishga kirishgani yaqin kelajakda yana ko’p narsalar ayon bo’lishidan darak beradi, deydi Ola Uesterberg. Biroq O’zbekiston juda yopiq tuzum. Oxir-oqibat nima bo’lishini bashorat qilish qiyin.

“TeliaSonera” O’zbekistonda maxfiy xizmat bilan hamkorlikda iste’molchilarning telefon muloqotlarini zimdan kuzatish uchun imkoniyat yaratib berganlikda, shuningdek, paxta kampaniyasida qatnashganlikda ham qoralanadi. Ola Uesterberg deydiki, “Ucell” mijozlari hamon maxfiy kuzatuv ostida bo’lsa ajabmas, chunki bu ish bas qilingani haqida hech qanday isbot yo’q.

Lekin “TeliaSonera" bir necha oy oldin O’zbekistonda uning xodimlari majburiy mehnatga bosh egmaydi va paxta kampaniyasi uchun bir tiyin ham berilmaydi deya ogohlantirgan va maxsus bayonot bergan.

Shvetsiya xalqi boshida “TeliaSonera” naqadar qora biznes qilayotganiga ishonishga qiynaldi, deydi Ola Uesterberg, ammo bugunga kelib bu haqda shu qadar atroflicha ma’lumotga egaki, hatto o’rganib ham qoldi. Hukumat va axborot vositalari jiddiy e’tibor qaratar etar, kompaniya qattiq bosim ostida, deydi jurnalist, biroq xulosa qilishga hali erta.

O’zbekiston bilan bog’liq xabarlar shved telekanal va nashrlarida tez-tez chiqib turadi. Uch yil oldin bu davlatning kichik bir shahrida siyosiy muhojirlikda yashayotgan Obidxon qori Nazarov uyi oldida otib ketilgan edi. Uzoq hushsiz yotgan imom endi o’ziga kelmoqda. Uni nishonga olganlikda gumon qilingan shaxs yaqinda Rossiya tomonidan Shvetsiyaga topshirildi. Stokgolmda tergovchilar bu ishni oxiriga yetkazib, qoriga uyushtirilgan suiqasd ortida kim turganini aniqlash umidida. Vaziyatdan yaxshi xabardor Ola Uesterbergning “Amerika Ovozi” ga aytishicha, bu oson kechmaydi. Lekin, deydi u, jurnalistik tekshiruvlar davom etar ekan, haqiqatga tobora yaqinlashsak ajabmas.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan, ya'ni respublikadan turib axborot berish imkoniyatiga yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, editor, web editor, and producer, she has covered Central Asia and America for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the only and first-ever accredited U.S.-based journalist. Navbahor is also the founding President of the VOA Women’s Caucus. Educated in Uzbekistan, India, and at Harvard University, she was a 2016-17 Edward S. Mason Fellow at Harvard’s John F. Kennedy School of Government, where she also earned her Masters in Public Administration. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003 and has since presented more than 800 editions of the flagship weekly show “Exploring America,” which covers American foreign policy for some 40 million Uzbek speakers worldwide, focusing on U.S. relations with Central Asia and life and politics in the United States. She has co-hosted VOA-wide special broadcasts for a global audience. She has received multiple awards for excellence in broadcasting, including the VOA Gold Medal in 2010. As a multimedia journalist, with millions of viewers, listeners, followers, and fans, Navbahor writes and speaks frequently on Uzbek domestic politics, foreign policy, and society, as well as regional issues in Central Asia, for policy, academic, and popular audiences. Her essays have appeared in leading journals, including Foreign Policy, The National Interest, and The Diplomat, and she has lectured at institutions including the U.S. Foreign Service Institute, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, and George Washington University. Navbahor began her career at the Uzbek state broadcaster as a reporter and producer. She taught journalism at her alma mater, the Uzbek State University of World Languages in Tashkent, and then earned a B.A. in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore in India. A recipient of the Edmund Muskie Fellowship, she earned her MA in journalism from Ball State University. In 2009, Ball State’s journalism department named her an Outstanding Young Alumna.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG