Breaking News

Suriyada qonli olishuvlar, xalqaro ham jamiyat nima qiladi oladi?


Suriyada, deydi faollar, bugungi olishuvlarda 17 kishi jon bergan. Londonda asoslangan Suriyada inson huquqlarini kuzatuvchi kengash rahbari Rami Abdulrahmonning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, Idlib viloyatida politsiya mahkamasi yonida portlash ro’y berib, ikki askar va uch nafar oddiy fuqaro o’lgan.


Poytaxt Damashq tevaragidagi xuruj yana ikki zobitni hayotdan olib ketgan.


Faollar so’zlariga ko’ra, Halab (Aleppo), poytaxt va Dar’oda odamlar juma namozidan keyin ko’chalarga chiqib, namoyish qilgan. Snayper qo’lidan tinch fuqaro o’lgani, Hims va Latakiya viloyatlariga armiya o’q yog’dirgani xabar qilinadi.


Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasining bildirishicha, Suriyada gumanitar vaziyat g’oyat tarang. Aholi yegulik va dori-darmonga muhtoj.


Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton bugun Vashingtonda Suriya taqdirini BMT va Arab Ligasi elchisi Kofi Annan bilan muhokama qilmoqda. Annan fikricha, mamlakat fuqarolik urushiga tortilishiga bir baxya qolgan va Bashar al-Assad ma’muriyatini sulh shartlarini bajarishga majbur qilish kerak.


BMTning qurolsiz tinchlikparvar missiyasi shu hafta Hamo viloyatidagi qatliomni tergov qilishga borgan, biroq otishmaga duch kelib, qaytishga majbur bo’lgan. Mazrat al-Quvayr qishlog’ida kuni-kecha 78 odam, xususan, ayollar va bolalar qatl etilgan, deydi faollar. Ularning aytishicha, bu hukumatga xayrixoh guruhlarning qilmishi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG