Breaking News

Suriyada portlash, BMT sulh shartlarini eslatmoqda


Deyir al-Zur shahrida
Deyir al-Zur shahrida

Suriyada askarlarga qarshi qilingan hujumda to’qqiz kishi o’lgan. Deyir al-Zur shahrida bir kishi o’zini harbiy inshoot yonida, mashinada portlatgan. 100 dan oshiq odam jarohatlangan.

Suriya rasmiylarining aytishicha, avtomobilda 1 tonna portlovchi modda ortilgan bo’lgan.

Damashqda BMT Bosh kotibining Tinchlikparvarlik ishlari bo’yicha muovini Erv Ladsus prezident Bashar al-Assad va unga qarshi kurashayotgan muxolif kuchlarga sulh shartlarini eslatmoqda.

Tomonlarni qurol tashlab, murosa qilishga ko’ndirish juda qiyin jarayon, deya tan oladi Ladsus, lekin BMT umidni boy bergan emas.

Hozirda tashkilot Suriyada 200 dan ortiq qurolsiz kuzatuvchiga ega. Oy oxirigacha ular 300 ga yetadi.

O’tgan hafta Damashqda sodir etilgan xurujlarda 55 kishi o’lgan. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun portlashlar al-Qoidaning ishi ekani ma’lum deydi.

Lekin muxolif kuchlar ayb Bashar al-Assad va uning hukumatida deydi. Aleppo shahridagi namoyishlarda armiya ommaga qarshi ko’zni yoshlantiradigan gaz va qurol ishlatgani.

2011-yilning mart oyidan beri tinmayotgan qozg’olon va qonli to’qnashuvlarda bugungacha 10 mingdan ziyod odam halok bo’ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG