Breaking News

BMT rasmiysi Suriyada sulh ijrosi nazoratiga chaqirmoqda


BMTning gumanitar masalalar bo’yicha idorasi rahbari Mark Loukok

BMTning gumanitar masalalar bo’yicha idorasi rahbari Mark Loukok Xavfsizlik Kengashini Suriya bo’ylab 30 kunlik sulh ijrosini amalga oshirishga chaqirmoqda.

Bir necha kun oldin kengash bir ovozdan shu mazmunda rezolyutsiya qabul qilgan edi, biroq poytaxt Damashq tevaragidagi sharqiy G’uta rayonida otishmalar davom etgan. BMT rasmiysi bemorlar va yaradorlarni mojaro zonasidan olib chiqib, insonparvarlik yordamini rayonga yo’llashga chaqirmoqda.

“Gumanitar kolonna besh soatda manzilga yuk tashiy olmaydi. Jang qilayotgan tomonlar kelishgan taqdirda ham nazorat punktlaridan o’tishga bir kun ketadi. Undan keyin yukni tushirish lozim. Shanba kuni rezolyutsiya qabul qilinganidan beri hech bir ish qilinmadi, Aksincha, bombalar yog’ilishda davom etdi, otishmalar, o’limlar, vayronalar, ayol va bolalalarni mayib qilish, ochlik, nochorlik davom etmoqda, hech narsa o’zgargani yo’q”, - deydi Loukok.

Sharqiy G’utada isyonchilarni havodan nishonga olayotgan Rossiya besh soatlik gumanitar tanaffus e’lon qilgan edi, biroq pauza uzoqqa cho’zilmadi. Kreml isyonchilarni tinch aholiga evakuatsiya qilishga imkon bermaganlikda, otishmalarni jonlantirganlikda aybladi.

Uning aytishicha, BMT va unga hamkor tashkilotlarning insonparvarlik yordamiga to’la yuk mashinalari hamda evakuatsiya uchun transport tayyor, barchasi o’q ovozlari tinishini kutmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG