Breaking News

Suriyada prezidentlikka nomzodlar saralanmoqda


Suriya parlamenti spikeri Hammuda Sabbag' bo'lajak saylovni muhokama qilmoqda

26-may kuni Suriyada prezident saylovlari bo’lib o’tadi. Keyingi 12 kun ichida nomzodlarning yakuniy ro’yxati tasdiqlanishi kutilmoqda. Tashqi kuzatuvchilarga ko’ra, Prezident Bashar Assadning to’rtinchi muddatga saylanishiga shubha yo’q.

Xalqaro hayot – 29-aprel, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:33 0:00

Axborot vaziri Imad Sarahning muxbirlarga aytishicha, Konstitutsion sud 51 nafar da’vogar, jumladan Assad nomzodining saylov talablariga muvofiqligini ko’rib qaror chiqaradi.

Assadlar sulolasi Suriyani 1970-yildan beri boshqaradi. Hofiz Assad 2000-yilda vafot etishi ketidan hokimiyat uning o’g’li Bashar qo’liga o’tadi. 2011-yilda mamlakat fuqarolar urushiga yuz tutdi. Eron va Rossiyaning harbiy yordamisiz Assad ag’darilishi muqarrar edi.

Suriya muxolifati va Qo’shma Shtatlar bo’lajak saylovlarni tanqid qilarkan, bu shunchaki Assad hokimiyatini uzaytirishga qaratilgan siyosiy tomosha ekanini aytadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti rasmiylarining aytishicha, saylov Suriya mojarosiga siyosiy yo’l bilan barham berishga, yangi konstitutsiya qabul qilishga, saylovlarni BMT nazoratida o’tkazishga chaqiruvchi Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari shartlarini inobatga olgani yo’q.

Qonunga ko’ra, prezidentlikka da’vogarlar parlamentning kamida 35 a’zosi tomonidan qo’llab-quvvatlanishi, Suriyada so’nggi 10 yil muqim yashagan bo’lishi kerak. Bunday shartlar surgunda yashovchi muxolif siyosatchilarni saylovda qatnashish huquqidan mahrum etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG