Breaking News

Erdog'an Suriya hukumatini ogohlantirmoqda


Rajab Toyib Erdog'an

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog’anning aytishicha, agar Suriya Prezidenti Bashar Assad Suriya shimoli-g’arbidagi Idlib viloyatidan chekinmasa, Turkiya mahalliy aholini himoya qilish uchun hududga qo’shin kiritadi.

Erdog’an bu haqda hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi qonunchilari oldida so’zlagan. Uning aytishicha, Assad rejimini qo’llab-quvvatlayotgan Rossiya bilan muloqot Anqara kutgan natijani bermadi.

Turkiya Assadga qarshi kurashayotgan isyonchi va jihodchi kuchlarga madad berarkan, Idlibni xavfsiz zonaga aylantirish rejasida qat’iy.

“Turkiya Idlibni Assad rejimiga berib qo’ymaydi”, - dedi Erdog’an.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Turkiya Idlibga qo’shin kiritsa, xato qilgan bo’ladi. Rossiya va Turkiya tashqi ishlar vazirlarining Moskvada ikki kun o’tgan muzokaralari samarasiz yakunlandi.

Xalqaro hamjamiyat Idlibda harbiy harakatlarni to’xtatishga chaqirmoqda. Mojaro natijasida Idlibni aholi tark etmoqda, qochqinlar lagerlari odamlarga to’lgan, natijada lagerdan joy topolmaganlar ochiq havoda tunashga majbur.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG