Suriyada hukumatga qarshi bo’lgan “Oq dubulg’alar” tashkilotiga ko’ra, shimoldagi Afrin shahridagi bozorda ro’y bergan portlash oqibatida kamida 40 odam o’lgan.
Turkiya Mudofaa vazirligi yonilg’i tankeri portlaganini ma’lum qilmoqda. Shahar Turkiya qo’llab-quvvatlayotgan isyonchi kuchlar nazoratida.
Qurbonlarning 11 nafari bolalar ekani ma’lum, 47 kishi jarohat olgan.
Turkiya Mudofaa vazirligi portlashda Turkiyaga qarshi bo’lgan kurd jangchilarini ayblamoqda.
Turk qo’shinlari va isyonchilar Afrinni 2018-yilda kurdlardan tortib olgan edi. Anqara qurollangan kurd bo’linmalarini terrorchi deb hisoblaydi.
Facebook Forum