Breaking News

Suriya armiyasi Halab va Idlib atrofidagi shahar va qishloqlarni ishg’ol etmoqda


Suriya armiyasi jangchilari Halabning Rashiddin mahallasida g'alabani nishonlamoqda

Suriya armiyasi 2014-yildan beri ilk bor Halabning katta qismini to’liq nazoratiga olgan. Angliyadan turib, Suriyadagi vaziyatni yoritayotgan Suriya Inson huquqlari observatoriyasi rahbari Rami Abdulrahmonning aytishicha, hukumat qo’shinlari Halab atrofidagi 13 ta shahar va qishloqni egallagan, isyonchilar chekinishga majbur bo’lgan.

Xalqaro hayot - 17-fevral, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:57 0:00

Qo’shni Idlib viloyatida ham Xon Shayhun shahri atrofidagi qishloqlar hukumat qo’liga o’tgan. Suriya armiyasi poytaxt Damashqni Halabga ulovchi M5 trassasidan ham isyonchilarni haydashga muvaffaq bo’lgan. Isyonchilar va jihodchi guruhlarni qo’llab-quvvatlayotgan Turkiya Suriya hukumatiga madad berayotgan Rossiyani 2018-yilda kelishilgan deeskalatsiya bo’yicha shartnomaga amal qilishga chaqirmoqda.

Turk va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Myunxendagi xavfsizlik anjumanida shu mavzuda gaplashgan, Mavlut Chavusho’g’li amerikalik qonunchilar bilan ham muloqot qilgan, 16-fevral kuni esa AQSh Prezidenti Donald Tramp Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdog’an bilan telefon orqali mavzuni muhokama qilgan. AQSh Rossiyadan Suriya hukumatiga yordamni to’xtatishni, Idlibga yurishni bekor qilishni talab qilmoqda va bu masalada Suriyaga minglab qo’shin tortgan, Suriya armiyasi egallagan hududlarni tortib olmoqchi.

Rossiya Suriyada rasmiy hukumat taklifiga ko’ra terrorchilarga qarshi kurashayotganini bildirib, AQSh va Turkiya askarlari bu mamlakatga noqonuniy ravishda kirganini ta’kidlaydi.

Bashar Assad qo’shinlari Idlibda, asosan, al-Qoidaga aloqador “Hayot Tahrir ash-Sham” jangari guruhini nishonga olmoqda, biroq AQSh va Turkiya nazarida, ushbu hujumlarda tinch aholi ham o’lmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG