Breaking News

Turkman qo'mondonini kim o'ldirdi?


Suriyada "Islomiy davlat"ga qarshi kurashayotgan ikki turkman qo'mondonining o'ldirilishi mojaroga qanday ta'sir qiladi?

"Bunday voqealar "Islomiy davlat"ga qarshi kurashni murakkablashtiradi", - deydi AQSh tayanchiga ega Suriya demokratik kuchlari (SDF) so'zlovchisi Talal Silo.

Suriya shimolini - "Islomiy davlat" u yerdan haydalganidan buyon - bir necha guruh, xususan kurdlar, turkman qabilalari va Turkiya tayanchiga ega isyonchilar nazorat qiladi.

Bu guruhlar umumiy dushmanga qarshi kurashayotganiga qaramay, ba'zida bir-biri bilan to'qnashadi. Ular orasida ishonch yo'q. Turkman qo'mondonlarining o'ldirilishidan keyin esa tarqoqlik yanada chuqurlashdi.

"Saljuklar brigadasi"ning turkman qo'mondoni Hani al-Mulla o'tgan hafta o'ldirildi. Bundan bir oy oldin esa yana bir turkman qo'mondoni, kurdlarga rahbarlik qilgan Abdulsattor al-Jaddir ham nobud bo'lgan edi.

Ikkovlon Turkiyaning shimoliy Suriyaga qo'shinlar yuborish qaroriga qarshi chiqqan.

Suriya demokratik kuchlar (SDF) askarlari Manbij yaqinida. 2016-yil iyuni
Suriya demokratik kuchlar (SDF) askarlari Manbij yaqinida. 2016-yil iyuni

Kim aybdor?

Bu qotilliklarni o'rganadigan tashkilot yoki idora yo'q. Ayrimlar nazarida voqealar ortida Turkiya razvedkasi turibdi. Boshqalar qotilliklar "Islomiy davlat" jangarilari ishi, degan fikrda.

"Turkiya ilgari ham qotilliklarga aralashgan edi. Ammo al-Mulla o'limi ortida aynan Turkiya razvedkasi turganini biz ta'kidlay olmaymiz", - deydi Silo.

Turkiyalik mustaqil jurnalist Ilhan Tanirning aytishicha, Turkiya Suriya demokratik kuchlarini parchalashga urinmoqda.

"Ikki qo'mondonning o'ldirilishi SDF uchun ham, "Islomiy davlat"ga qarshi kurash uchun ham katta zarba bo'ldi. Ular Turkiya operatsiyalariga qarshi edi, shuning uchun yo'q qilindi. Nazarimda, bu Turkiya manfaatlari foydasiga qilingan", - deydi u.

Anqara hozircha voqealar yuzasidan rasmiy bayonot bermadi.

Ammo turkman qo'mondonlari jihodchilarga qarshi shiddat bilan kurashganini inobatga olsa, qotilliklar ortida "Islomiy davlat" bor deyish ham mumkin.

"Mening manbalarimga ko'ra, al-Mulla joniga aynan "Islomiy davlat" qasd qilgan", - deydi Suriya turkmanlari uyushmasining sobiq raisi Abdurahmon Mustafo.

Al-Mulla turli guruhlarni, xususan arab va kurdlarni birlashtirishga harakat qilgan.

U va ikkinchi turkman qo'mondonining o'ldirilishi terrorchilarga qarshi kurashayotganlarni qiyin avolga solib qo'ydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG