Suriyada portlashlar, 60 dan ziyod odam o'lgan

  • Amerika Ovozi

Turkiya askarlari va muxolifat kuchlari shu hafta hududdan "Islomiy davlat" jangarilarini haydab chiqargan.

Suriyaning al-Bab shahri yaqinidagi qishloqda ikki portlash yangrab, 60 dan ziyod odamni o'ldirgan. Jarohat olganlar bor. Holbuki, bir kun oldin Turkiya askarlari va isyonchilar shaharni "Islomiy davlat"dan tortib olishga muvaffaq bo'lgan edi.

Juma kungi xurujlarda muxolifat xavfsizlik kuchlari nishonga olingan. Talafotlar orasida oddiy fuqarolar va oppozitsiya vakillari bor.

Odamlar xavfsizlik punktida navbatda turib, al-Bab shahriga qaytish uchun ruxsat kutayotgan bo'lgan va o'sha payt portlash ro'y bergan. Oradan biroz vaqt o'tib, o'sha yerda qutqaruv ishlari ketayotgan payt yana bir portlash sodir etilgan.

Shaharda bir necha oydirki qonli janglar tinmayotgan edi.

Turkiya askarlari va muxolifat kuchlari shu hafta hududdan "Islomiy davlat" jangarilarini haydab chiqargan.

"Al-Bab shahri hozir deyarli to'liq askarlar nazoratida, janglar hanuz davom etayapti", - deydi Turkiya Mudofaa vaziri Fikri Isik. Jangarilar Suriya tomon chekinayotgani haqida xabarlar bor. Ayrimlari mahalliy aholi orasida yashirinib olgan. Suriya muxolif kuchlari al-Babning har bir mahallasini ko'zdan kechirmoqda, deydi rasmiylar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG