Breaking News

Turkiyada yashovchi suriyalik qochqinlarni qo'rquv va ochlik qamrab olgan


Koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan karantin oqibatida Turkiyada qochqin bo’lib yashovchi suriyaliklarning aksariyati ishsiz qoldi. Bomba va o’qlardan qo’rqib qochgan bu odamlar endi virus, uysizlik va ochlikdan qo’rqib yashamoqda.

Xalqaro hayot – 26-may, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:36 0:00

“Ijara haqqini to’lamasak, uy egasi haydab chiqarishini aytdi”, - deydi Ismaxon ismli suriyalik.

Ismaxon va uning oilasi chorrahalarda haydovchilarga salfetka sotib kun kechirardi, biroq pandemiya boshlanganidan so’ng ko’chaga chiqish mumkin bolmay qoldi.

Turkiyada yashovchi aksariyat suriyaliklar norasmiy sektorda ishlaydi. Hozir ular daromadsiz qolgan. Ko’plarida ijara haqqini to’lashga pul qolmagan.

Ayrim gumanitar tashkilotlar ularga oziq-ovqat, pul, zarur narsalar ulashib turadi, biroq yordam ko’lami doim ham yetarli emas. Pandemiya to’xtamasa, ota-onalar farzandlari ochlikka yuz tutishidan xavotirda.

“Suriyada bombalardan qo’rqib uyda o’tirardik. Hozir ham shu ahvol, faqat bu gal virusdan qo’rquv bor”, - deydi Marva ismli qochqin.

Turkiyada salkam 3,5 million qochqin bor. Aholining ularga nisbatan munosabati sovuqlashib boryapti, hukumat ularning Suriyaga qaytishini istaydi.

Mamlakatda pandemiya sabab iqtisodiy ahvol qiyinlashgani sari mahalliy aholi bizga yomon ko’z bilan qaramoqda, deydi qochqinlar.

“Virusdan oldin ham odam ajratishardi, “mamlakatingga ket” deyishardi. Bizni tekintomoq deb o’ylashadi. Ammo unday emas. Pulimizni ishlab halollayapmiz”, - deydi Muhammad ismli suriyalik.

Muhammad ishsiz qolganidan beri ko’ziga uyqu kirmasligini, bolalarini qanday boqishni bilmay umidsizlanayotganini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG