Breaking News

Tayvan vaziri AQSh bilan aloqalarni yuqori baholamoqda


Tayvan Tashqi ishlar vaziri Jozef Vu

Tayvan hukumati AQSh bilan uzoq yillardan beri do’stona aloqalarga ega. Bu mamlakat Tashqi ishlar vaziri Jozef Vuning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, AQShning Xitoy bilan savdo tortishuvlari AQSh-Tayvan munosabatlariga ham ta’sir qilishi mumkin.

Xalqaro hayot - 5-sentabr, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:57 0:00

Tayvan yaqinda Qo’shma Shtatlardan 10 dan ortiq F-16 qiruvchi samolyotlarini olishi kutilmoqda. Iyul oyida orol davlat rahbari AQShda bo’ldi. Ikki mamlakat o’rtasida rasmiy diplomatik aloqalar yo’qligiga qaramay, munosabatlar kuchaymoqda.

“AQSh-Tayvan aloqalari har qachongidan yaxshi”, - deydi “Amerika Ovozi”ga intervyu bergan Tayvan Tashqi ishlar vaziri Jozef Vu.

Vazir buni ko’p jihatdan AQSh Prezidenti Donald Tramp siyosati bilan bog’laydi.

“Prezident Tramp va Vitse-prezident Mayk Pens Tayvanni juda qo’llab-quvvatlashadi. Pens bizni oldindan qo’llab keladi. AQSh Milliy xavfsizlik kengashi, Davlat departamenti, Pentagon – bularning hammasi bizning yaxshi do’stlarimiz”, - deydi Vu.

Qo’shma Shtatlar 1970-yillarda Pekindagi hukumatni tan olishi ketidan Tayvan bilan aloqa darajasini tushirgan edi.

Xitoy orolni o’ziniki deb biladi va uni o’z hududiga qo’shib olish niyatida. Pekin Tayvanga qarshi harbiy kuch ishlatish haqida do’q-po’pisa ham qilgan. Tayvan o’zini Xitoydan himoya qilish maqsadida AQShdan qurol-yarog’ olib turadi.

Tayvan parlamentida hukmron partiyadan vakil Van Tin Yuning aytishicha, AQSh bilan aloqalarni yaxshilash muhim.

“Yon qo’shningiz o’g’ri bo’lsayu, har kuni hovlingizga kelib, uyingni, xotiningni olib qo’yaman, seni bir kun do’pposlayman deyaversa, oilamni himoya qilish uchun beysbol bitasini qo’lga olishga majbur bo’laman”, - deydi qonunchi.

Biroq ayrimlar Trampning Tayvanga munosabatini samimiy deb bilmaydi.

“Tayvan Trampga Xitoy bilan kelishish uchun kerakmikan degan xayol ko’pchiligimizni qiynaydi”, - deydi taypeylik tahlilchi Lev Naxmen.

Trampning Gonkongdagi namoyishlarni isyon deb, “bu bilan Xitoy shug’ullanishi kerak” degan gaplarini Tayvanda xavotir bilan qabul qilishdi.

Tramp ba’zan Gonkong masalasini Xitoy bilan savdo tortishuvlarida keltiradi, biroq u yerdagi namoyishlarni ochiqchasiga qo’llab-quvvatlagani yo’q.

“Agar Gonkong va Tayvan savdo urushining bir qismi bo’lsa, AQSh ulardan o’z manfaatlari uchun foydalanadimi yoki Gonkong va Tayvandagi demokratik institutlarni himoya qilish uchun harakat qiladimi?” deya so’raydi tahlilchi Naxmen.

Tayvan hukumati Tramp orol davlatni Xitoyga sotib yuboradi degan gaplarga ishonmaydi. Biroq Tayvandagi Chengchi milliy universitetidan Lu Ye Chunning aytishicha, Tramp haqida gap ketganda aniq bir narsa deyish qiyin.

“Trampning mavhumligidan tashqari nima bo’lishini oldindan aniq bilmaymiz. Biroq AQSh hukumati bilan aloqalarga rasmiy maqom berilishiga harakat qilishimiz kerak”, - dedi siyosatshunos.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG