Tayvanning elektronika ishlab chiqaruvchi “Fokskon” kompaniyasi AQShning Viskonsin shtatida 10 milliard dollarlik zavod qurishini ma’lum qildi. Bu o’z navbatida minglab ishchi o’rinlarining yaratilishiga olib keladi.
“Menimcha, bu ayojib yangilik. Ko’p odamlar ishli bo’ladi. Qurilish bo’ladi”, - deydi viskonsinlik bir odam.
“Fokskon” displey ekranlarini ishlab chiqaradi va “Apple” kompaniyasi uning mijozlaridan biri. AQSh Prezidenti Donald Trampning aytishicha, bu uning saylovdagi g’alabasi tufayli sodir bo’ldi.
"Milliardlab dollarlarning Amerikaga sarmoya qilinishini, amerikaliklar uchun minglab ish o’rinlarining yaratilishini istayman”, - dedi u.
“Fokskon” bayonotiga ko’ra, zavod to’rt yilda ishga tushadi va shtatda 3000 odamni ish bilan ta’minlaydi.
Facebook Forum