Breaking News

Tojikistonda G'arbdan borgan ekspert bedarak ketgan


Asli Tojikistonda katta bo'lgan Aleksandr Sodiqov (Alexander Sodiqov) Kanadada yashaydi
Tojikistonga Kanadadan borgan ilmiy tadqiqotchi Aleksandr Sodiqov (Alexander Sodiqov) milliy xavfsizlik xizmati tomonidan hibsga olingan. Voqea 16-iyun kuni Tog'li Badaxshon muxtor viloyati poytaxti Xorug' shahrida yuz bergan.

Huquq va demokratiyani targ'ib qiluvchi "Ozodlik uyi" (Freedom House) Tojikiston hukumatidan olim taqdiri haqida ma'lumot berib, uning nimada ayblanayotganini aytishni talab qilmoqda. Sodiqov advokat bilan ta'minlanishi shart, deyiladi tashkilot chaqirig'ida.

Inson huquqlari bo'yicha "Human Rights Watch" xalqaro tashkiloti vakili Stiv Sverdlov (Steve Swerdlow) deydiki, Dushanbe Sodiqov ishi yuzasidan lom-mim demayotgani uning hamon hibsda ekanini anglatadi, lekin uning ikki kundan beri bedarak ketgani xalqaro qonunlarga binoan odam o'g'irlash bilan barobar. Tojikiston uni ozod etsin yoki asosi bo'lsa, rasman ayblasin, deya bildiradi tashkilot.

Tojikiston hukumati bayonotiga ko'ra, Sodiqov chet davlat josusi, biroq aynan qay davlat ekani bildirilmaydi. Yaqinlarining aytishicha, mahbus 16-iyun kuni kechqurun oilasiga telefon qilgan, lekin qayerda va kim tomonidan ushlab turilganini aytolmagan.

Aleksandr Sodiqov - Angliyada asoslangan Ekseter universiteti (University of Exeter) olib borayotgan ilmiy loyiha doirasida vataniga safarda edi. Toronto universiteti doktoranti.

Sodiqov oshkoralikka urg'u beruvchi "Global Voices Online" internet sahifasi muharriri. O'z maqola va bloglarida Tojikiston va butun Markaziy Osiyoni yoritib keladi. Ko'plab tanqidiy materiallar chiqargan.

Amerikalik va kanadalik mutaxassislar Sodiqov taqdiridan xavotir bildirib, Tojikiston hukumatini uning va oilasi xavfsizligini kafolatlashga chaqirmoqda.

"Sodiqov, oilali va bir qizning otasi, olimlarning yangi avlodi. Tojikiston va dunyoni bog'lab turgan va bu aloqalar sermahsul bo'lishi yo'lida o'z hissasini qo'shib kelayotgan insonlardan biri",- deya bildiradi ingliz, rus va tojik tillarida tarqatilgan bayonotga qo'l qo'ygan ekspertlar.

Hamkasblarining tasdiqlashicha, Sodiqov Xorug' viloyatiga bu notinch hududdagi vaziyatni o'rganish uchun borgan. U ishlagan universitet va tashkilotlar hamda yaqinlari nazarida Sodiqovni josuslikda ayblash mantiqsizlikdir.

Tojikiston hukumati o'tgan yillar ichida yanada beqarorlashgan Tog'li Badaxshonga kirishni cheklab keladi. Jangarilar bilan olishayotgan rahbariyat, ayniqsa, jurnalistlar va mustaqil tadqiqotchilarni bu mintaqaga yaqinlashtirmaydi.
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and The Atlantic. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG