Breaking News

Tolibon tobora ko'p hududlarni qo'lga kiritmoqda


Qunduz viloyati

AQSh Afg’onistondan qo’shinlarini olib chiqishda, Tolibon esa hududlarni qo’lga kiritishda davom etmoqda. Tojikiston bilan chegaradosh shimoldagi Qunduz viloyatida ham ba’zi rayonlar toliblar boshqaruviga o’tdi.

Xalqaro hayot – 23-iyun, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:28 0:00

"Bu yerda vaziyat juda qaltis. Kasalxonalarda ko’p jarohatlanganlar yotibdi”, - deydi mahalliy bir afg’on.

AQSh 11-sentabrgacha barcha askarlarini mamlakatdan olib chiqmoqchi. Jangarilar shu kunga qadar 60 ta tumanni qo’lga oldi.

“Tolibon nazoratiga o’tgan tumanlarning aksariyati viloyat poytaxtlari atrofida joylashgan. Xorijiy qo’shinlar to’liq chiqarilishi bilan toliblar poytaxtlarga ham hujum qiladi degani bu”, - deydi BMT bosh kotibining maxsus vakili Debora Lions.

“Amerika Ovozi”ga intervyu bergan Afg’oniston birinchi vitse-prezidenti Amirulla Solihning aytishicha, Tolibon Amerika askarlari chiqayotganidan foydalanmoqda.

“Ular xorijliklarni mag’lub etdik degan yanglish ishonch bilan endi afg’on kuchlarini ham mag’lub etishmoqchi”, - deydi u.

Bunday vaziyatda Tolibon tinchlik muzokaralariga qaytishi mumkinmi? Kelayotgan juma kuni AQSh Prezidenti Jo Bayden Afg’oniston rahbari Ashraf G’ani va Milliy yarash oliy kengashi raisi Abdulla Abdulla bilan uchrashib shularni muhokama qiladi.

“Afg’oniston AQShga yana tahdid soluvchi terrorchilarga boshpanaga aylanmasligi uchun nimalar qilish kerakligi haqida gaplashishadi. Gumanitar yordamni, boshqa turdagi yordamni ko’rsatishda hamkorlikni davom ettirish xususida gaplashishadi”, - deydi Oq uy matbuot kotibasi Jen Psaki.

AQShning Afg’onistondagi sobiq elchisi Ronald Nyumanning aytishicha, Oq uydagi uchrashuv ramziy ma’noga ega.

“Oq uyga taklif Amerikaning Afg’oniston bilan shug’ullanish, u bilan hamkorlik qilish, unga yordam berishda davom etish shashtida qat’iy ekanini anglatishga qaratilgan ramziy qadamdir. Abdulla va G’anining birga kelayotgani ham muhimdir. Bu hozir Kobul uchun muhim bo’lgan birlik belgisidir”, - deydi sobiq diplomat.

Qo’shma Shtatlar Afg’onistonga gumanitar yordam tariqasida qo’shimcha 266 million dollar ajratmoqda. BMT hisobiga ko’ra, 18 million afg’on yordamga muhtoj, salkam 5 millioni ichki ko’chirilganlardan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG