Breaking News

Tolibon Rossiya bilan hamkorlik qilishi haqidagi xabarlarni rad etdi


O'zini "Islomiy davlat" deb ataydigan ekstremistlar guruhi Afg'oniston va Pokistonda sodir etgan qonli xurujlarini jamlab, yangi video chiqardi.

Unda ikki davlatga tegishli harbiy mashinalarga hujumlar, otishmalar, kallakesarlik va "Islomiy davlat" a'zolari xudkushlikka tayyorlanayotgan kadrlar ko'rsatilgan.

Afg'onistonning Logar, Nangarxor va Paktika viloyatlarida guruh jinoyatlar sodir etayotgani haqida jar solmoqda. Videoda ko'rsatilgan voqealar qanchalik haqiqat ekani hali tekshirilmagan.

"Islomiy davlat" Afg'oniston va Pokistonni o'z ichiga olgan katta bir hududni Xuroson deya tasvirlab, unga da'vogarlik qiladi.

O'tgan hafta AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter Kobulga safari chog'ida "Islomiy davlat" mamlakatning turli burchaklarida, jumladan, Nangarxorda o'rnashib olayotganini ta'kidlagan edi.

Guruh Afg'onistonda o'z radiosini ham ochgan va har kuni bir soat efirga chiqayotgan edi. Kuni-kecha afg'on rasmiylari bu kanal yoplilganini e'lon qildi.

O'tgan haftalar uchida "Islomiy guruh" a'zolari va Tolibon o'rtasida qonli janglar kechdi. Tolibon bu kurashda Rossiyadan yordam olishi va Rossiya bilan muzokara qilgani haqidagi xabarlarni rad etmoqda.

Toliblar "Islomiy davlat"ni Afg'onistonda o'zimiz mag'lub etamiz, bunga kuchimiz yetadi, deydi.

Rossiyaning Afg'oniston bo'yicha diplomati Zamir Kabulov hafta boshida "Interfaks" axborot agentligi bilan suhbatda Tolibon bilan ma'lumot almashinuvi yo'lga qo'yilganini aytgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG