Breaking News

Tolibon tinchlik muloqotida qatnashishdan bosh tortdi


Afg'oniston, Pokiston, AQSh va Xitoy diplomatlari Tolibon bilan boshlanishi kutilgan muloqotga uzoq tayyorgarlik ko'rgan edi.
Afg'oniston, Pokiston, AQSh va Xitoy diplomatlari Tolibon bilan boshlanishi kutilgan muloqotga uzoq tayyorgarlik ko'rgan edi.

Pokiston Afg’oniston Tolibonini Kobul bilan bevosita muloqot olib borish uchun shart qo’ymaslikka chaqirdi.

Uzoq kutilgan tinchlik muloqoti mart oyining birinchi haftasida Islomobodda boshlanishi kutilgan edi. Ammo so’nggi lahzalarda Tolibon muzokaralarda qatnashishdan bosh tortgan.

Tolibon da’vosiga ko’ra, tashqi kuchlar mamlakatni butunlay tark etmaguncha va begunoh insonlar qamoqdan ozod qilinib, guruh yetakchilarining sayohat qilishiga qo’yilgan taqiq bekor qilinmaguncha, bunday muloqotlarni o’tkazishdan foyda yo’q.

Bu bayonot Afg’oniston, Pokiston, Xitoy va AQSh rasmiylari muloqotni qayta boshlash bo’yicha olib borayotgan sa’y-harakatlarga keskin zarba bo’lgani aytilmoqda.

Bu orada Pokiston rasmiylarining xabar berishicha, Shimoliy Vaziriston hududida amalga oshirilgan navbatdagi harbiy amaliyotda 21 jangari o’ldirilgan.

Armiya so’zlovchisi Asim Bajvaga ko’ra, qiruvchi samolyotlar Shaval vodiysida havo zarbarlarini bergan. Piyoda askarlar ham jangarilarni topish va yo’q qilish amaliyotida qatnashgan.

Harbiylar da’vosiga ko’ra, Vaziristonning 90 foiz hududi isyonchilardan to’liq tozalangan. Ammo Shaval va uning atrofidagi yerlarda hanuz to’qnashuvlar davom etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG