Samiya Suluhu Hasan Tanzaniya tarixida ilk ayol prezident bo’ldi. Mamlakatni 2015-yildan beri boshqargan Jon Magufuli 17-mart kuni 61 yoshda yurak kasalligidan vafot etishi ketidan vitse-prezident Hasan qasamyod keltirib, uning o’rnini egalladi.
Tanzaniya Sharqiy Afrikada joylashgan bo’lib, 1961-yilda Britaniya mustamlakasidan ozod bo’lgan. Hasan mamlakat tarixida 6-prezident. Yangi rahbarning murosaga chorlashda qobiliyatli ekani aytilmoqda.
Magufuli koronavirusga shubha bilan qaragan, mamlakatga vaksina olib kirishga qarshilik bildirgan rahbar bo’lgan. So’nggi ikki hafta jamoatchilikka ko’rinmagan edi. Ba’zilar uning koronavirusdan jon berganini aytmoqda.
2015-yildan beri uning o’rinbosari bo’lgan Hasan qasamyod keltirishi bilan xalqqa murojaat qilib, birlikka da’vat etdi.
58 million aholiga ega bu mamlakatda nasroniylar 61 foizni, musulmonlar esa 35 foizni tashkil etadi. Sobiq rahbar nasroniy bo’lgan, Hasan esa musulmon.
Facebook Forum