Breaking News
Din

Yangi Zelandiyada musulmonlar qotili umrbod qamoqqa mahkum etildi


Brenton Tarrant

O’tgan yil mart oyida Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida ikki masjidga qurol bilan bostirib kirib, 51 musulmonni o’ldirgan Brenton Tarrant ismli avstraliyalik Yangi Zelandiya tarixida avf etilish imkonisiz umrbod qamoqqa mahkum etilgan ilk odam bo’ldi.

Xalqaro hayot – 27-avgust, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:19 0:00

Yangi Zelandiya adliyasi tarixida bunday qattiq jazo bo’lmagan hali. Tarrant sodir etgan jinoyat ham mamlakat tarixida ilk bor qayd etildi.

29-yashar qotilning harakatlari natijasida 49 odam jarohat olgan. Tarrant qilmishlarini videoga olib, Facebook orqali bevosita uzatgan edi.

Tarrant mart oyida unga qo’yilgan barcha ayblovlarga iqror bo’lgan. Prokurorlarning aytishicha, qotil hujumlarga puxta tayyorgarlik ko’rgan.

Tarrant qilgan ishidan pushaymon emasligini aytib, ko’proq odamlarni o’ldira olmaganidan va rejaga ko’ra masjidlarni yoqa olmaganidan afsusdaligini bildirgan.

Hukmni o’qib eshittirgan sudya Kameron Manderning aytishicha, Tarrant yaradorlarning yolvorishiga qaramay ularga qayta o’q uzgan.

“Sen ibodat qilishga kelgan odamlarni nishonga olding. Odamlarning tinchlik va do’stlik uchun to’planadigan joyini harom qilding. Sen oddiy qotil emassan, sen terrorchisan”, - dedi hakam.

Ultramillatchi qarashlarga ega hamda oq tanlilar ustunligi g’oyasi tarafdori bo’lgan ayblanuvchi advokatlari orqali hukmga e’tiroz bildirmasligini aytdi.

Sudya Manderning aytishicha, Tarrant umrbod qamoq jazosidan ham kattaroq jazoga loyiqdir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG