Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi o'z ishini boshladi.
O'zbekistondagi yig'inga 26 davlatning tashqi ishlar vazirlari keldi. Anjumanning ochilish marosimida O'zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev yig'ilganlarga murojaat qildi.
O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kelasi yilgi sammitgacha Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi raisi vazifasini bajaradi. O'zbekiston rahbarligidagi sammit "Ta'lim va ma'rifat - Tinchlik va bunyodkorlik yo'li" shiori ostida o'tmoqda.
Tashkilot 1969-yil tashkil etilgan va ayni patda 57 davlat unga a'zo. O'zbekiston unga 1996-yilda qo'shilgan.
43-sessiya yakunida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilyapti. Unda IHT kun tartibida turgan asosiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar masalalar o‘z aksini topadi.