Breaking News

Olimlar arzon 3D avatarlar ustida ishlamoqda


Ijtimoiy tarmoqdan yoki elektron pochtadan foydalanayotgan odam odatda o’zini fotosurat yoki multfilmdan olingan rasm yordamida tasvirlaydi. Bunday ikki o’lchamli avatarlar o’rniga yaqin orada 3D, ya’ni uch o’lchamli modellar qo’llaniladi. Janubiy Kaliforniya universiteti qoshidagi Ijodiy texnologiyalar instituti olimlari aynan shunday kompyuter programmasi ustida ishlamoqda. Bu ixtiro ijtimoiy tarmoqlarda burilish yasaydi, deydi mutaxassislar.

3D avatarlar - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:29 0:00
Yuklab oling

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning ikki o’lchamli suratlari o’rnida uch o’lchamli avatarlarni tasavvur qiling-a! Olim Ari Shapiro texnologiyalar yaqinda aynan shunday imkoniyat yaratadi, deydi.

“Men bunday imkoniyatni ko’rib quvonaman. Tez orada boshqa odamlar ham o’z rasmini deyarli hech qanday pul sarflamay tez-tez o’zgartirib tura oladi”.

Shapiro 3D, ya’ni uch o’lchamli avatar texnologiyasini Janubiy Kaliforniya universiteti qoshidagi Ijodiy texnologiyalar institutida o’tkazilgan ochiq eshiklar kunida namoyish qildi.

“Nihoyatda hayratlanarli. Bir daqiqa ichida mening rasmimni olib, 3D modelini yaratishdi. Tasvir sakray oladi, yuguradi. Avatarni “Facebook” kabi ijtimoiy tarmoqlarda ishlatish mumkin, o’zingizga moslay olasiz. “Facebook”ka shunchaki ikki o’lchamli rasm emas, balki uch o’lchamli tasvirni qo’ya olasiz,” - deydi yangi texnologiya haqida bir talaba.

Avatarning tashqi ko’rinishini har kuni o’zgartirib turish mumkin bo’ladi. Texnologiya odamning kiyimi, sochi, ko’zoynak yoki sumka kabu aksessuarlarini ham yaratish imkonini beradi. Maxsus programma yordamida esa kompyuter xotirasida saqlangan turli multiplikatsion tasvirlar yordamida avatar jonlantiriladi.

3D avatarlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda burilish nuqtasini yasaydi, deydi Shapiro.

"Tasavvur qiling, “Facebook”dagi sahifangizda nafaqat o’zingiz haqida ma’lumot yozib qoldirasiz, balki tasviringiz so’zlay oladi va ma’lumot beradi. Yoki shunday bir ijtimoiy tarmoq bo’ladiki, siz, oila a’zolaringiz yoki do’stlaringiz shunday avatarlar yordamida tasvirlanadi va muloqot qiladi. Odamlar o’zini, oila a’zolari va do’stlarini shunday avatarlar orqali ifoda etishi bilan buning psixologik ta’siri juda qiziq bo’ladi deb o’ylaymiz,” - deydi u.

Demak, kompyuter, maxsus programma, “Microsoft Kinect” kabi skanner va bir daqiqa ichida olinadigan 360 darajadagi tasviringiz kifoya.

Yana bir-ikki daqiqa ichida kompyuter axborotni xazm qiladi-da, avataringizni ishlab chiqadi.

Uch o’lchamli avatarni kino uchun yaratishga millionlab dollar sarflanadi. Sizniki esa ancha arzonga tushadi.

“Tasviringizni yaratib, jonlantiradigan kompyuter programmasi 10, 50 yoki ko’pi bilan 100 dollar turadi deb o’ylayman,” - deydi Shapiro.

Arzonroq bo’lganining sababi bor. Hozircha avatar kulgich yoki ajinni ko’rsata olmaydi. Ammo texnologiyalar rivojlangan sari sifat ham mukammallashadi, deydi olim.

Ijtimoiy tarmoqlardagi surat va videolar - Avatar/Social Media
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:56 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG