Breaking News

Janubi-sharqiy Osiyo suvlarida minglab muhojirlar sarson


Indoneziyadan boshpana izlab kelgan rohinja musulmonlari
Indoneziyadan boshpana izlab kelgan rohinja musulmonlari

Qo'shma Shtatlar Janubi-Sharqiy Osiyo dengizlarida minglab migrantlar tezkor yordamga muhtoj ekanini eslatmoqda.

AQSh Davlat kotibi muovini Ann Richard Bangkokda jurnalistlar bilan ko'rishar ekan, bu odamlarni zudlik bilan qutqarish lozim, dedi.

Diplomat Tailandda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari va huquq tashkilotlarining bir kunlik anjumanida qatnashayapti. Kun tartibidagi mavzu - hududda sarson qolayotgan qochqinlar taqdiri.

Richardning aytishicha, Malayziya samolyotlari hozir dengizni kuzatmoqda va migrantlar kemalari haqida ogohlantirishga shay.

Huquq tashkilotlarining hisoblashicha, taxminan 3900 nafar migrant haqida gap ketayapti.

Faollar bu tanazzulda, ayniqsa, Myanmani ayblaydi. Bu davlatda rohinja musulmonlari quvg'in, tahqirlashlar va zulmkor muomalaga uchragan, ular fuqarolikdan mahrum qilingan va yurtidan qochib qo'shni mamlakatlarga bosh olib ketishga majbur. Hududda sarson qolayotgan migranlatning aksariyati rohinja musulmonlari ekani ma'lum.

Shu oyning o'zida 3500 dan ziyod muhojir qayiqlarda Malayziya, Indonneziya, Tailand va Bangladeshga qochgani aytiladi.

Tibet diniy rahnamosi Dalay Lama Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibasi, Myanma muxolifati vakili An San Su Chini rohinjalarni himoya qilishga chaqirmoqda. Demokratiya kurashchisi deya tanilgan San Su Chiy bu haqda so'zlashi zarur, deydi Dalay Lama.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG