Breaking News

Shukronalik kuni - AQShning milliy bayrami

Har yili noyabr oyining so'nggi payshanbasida o'tadigan bu bayram ko'pchilik amerikaliklar uchun oilaviy yig'ilish va kurkali taom yeyish demakdir.

Shukronalik kunida oila va to's-to'kinlik qadrlanadi, mehr-oqibatli bo'lish targ'ib qilinadi.

Davlat rahbarlari oddiy odamlar bilan yonma-yon turib, yo'qsil va boshpanasiz insonlarga ovqat ulashadi, ularning dardini so'raydi.

Bu bayram 1621-yildan beri nishonlanadi.

Shimoliy Amerikaga borib qolgan yevropaliklar qahraton qishdan keyingi mavsumda olingan yaxshi hosil uchun Yaratganga shukur qilib, kurkani qurbon qiladi. Dasturxoniga yerli aholi hindularni taklif qiladi.

Hindular ham o'z yeguliklarini yevropaliklar bilan baham ko'rib, yangicha taomlar paydo bo'lgan. Lekin keyinchalik qonli urushlar boshlanib, rishtalar uzilgan.

1789-yildan beri esa bu kun milliy bayram sifatida nishonlanadi.

Shukronalik ayyomining ertasiga do’konlarda yirik chegirmalar taklif etilgani bois "qora juma" nomini olgan bu kun erta saharda savdo markaziga birinchilardan kirish uchun odamlar payshanba tundan boshlab navbat egallaydi. Yirik shaharlarda Shukronalik kuni paradi o’tkaziladi.

Bu oilaviy bayram bo’lgani uchun shu kuni yo’llar tirband, aeroportlar esa gavjum bo’ladi. Hisoblarga ko’ra, 45 milliondan ziyod amerikalik sayohat qiladi.

Shukronalik kunida diniy marosimlar o’tkazilib, nochorlarga xayriya qilinadi, oziq-ovqat tarqatiladi. AQSh prezidenti va uning oilasi ana shunday tadbirlarda xizmat qiladi.

An’anaga ko’ra, Oq uyda ikki kurka avf etiladi, ya'ni so'yilmaydi.

Xorijdagi harbiy bazalarda zobitlar bir dasturxon atrofiga yig'ilib, bu kunlarga yermagan safdoshlarini yodga oladi.

Yurtdoshlarini xayriya va muruvvatga undayotgan prezident Barak Obama fikricha, Shukronalik kuni insonlarni bir-birini qo'llab-quvvatlashga, mavjud imkoniyatlardan foydalanib, kelajakka umid bilan qarashga o'rgatadi.

Shukronalik kuni AQShda katta bayram

1/35
To'liq holda ko'ring Show less
2/35
To'liq holda ko'ring Show less
Shukronalik kuni 17-asr boshidan beri bayram qilinadi
3/35 Shukronalik kuni 17-asr boshidan beri bayram qilinadi
To'liq holda ko'ring Show less
Kurka - Shukronalik kuni pishiriladigan asosiy taom
4/35 Kurka - Shukronalik kuni pishiriladigan asosiy taom
To'liq holda ko'ring Show less
Bayram dasturxoni
5/35 Bayram dasturxoni
To'liq holda ko'ring Show less
6/35
To'liq holda ko'ring Show less
Vashington
7/35 Vashington
To'liq holda ko'ring Show less
Hamma oilasi bilan bo'lishga shoshadi. Vashington.
8/35 Hamma oilasi bilan bo'lishga shoshadi. Vashington.
To'liq holda ko'ring Show less
9/35
To'liq holda ko'ring Show less
10/35
To'liq holda ko'ring Show less
Hamma oilasi bilan bo'lishga shoshadi. Vashington.
11/35 Hamma oilasi bilan bo'lishga shoshadi. Vashington.
To'liq holda ko'ring Show less
Nyu-York vokzali
12/35 Nyu-York vokzali
To'liq holda ko'ring Show less
Nyu-York
13/35 Nyu-York
To'liq holda ko'ring Show less
China: Pára de importar marfim e cornos de rinoceronte. Manifestação no Vaticano contra a caça furtiva em Moçambique. Foto de Francesco Maria Mantero.
14/35 China: Pára de importar marfim e cornos de rinoceronte. Manifestação no Vaticano contra a caça furtiva em Moçambique. Foto de Francesco Maria Mantero.
To'liq holda ko'ring Show less
Bayramdan keyin savdo qiziydi. Los-Anjeles.
15/35 Bayramdan keyin savdo qiziydi. Los-Anjeles.
To'liq holda ko'ring Show less
Bayram munosabati bilan uyga qaytayotgan harbiy. Mayami.
16/35 Bayram munosabati bilan uyga qaytayotgan harbiy. Mayami.
To'liq holda ko'ring Show less
Bayram oldidan va uning ketidan savdo qiziydi. Los-Anjeles.
17/35 Bayram oldidan va uning ketidan savdo qiziydi. Los-Anjeles.
To'liq holda ko'ring Show less
18/35
To'liq holda ko'ring Show less
19/35
To'liq holda ko'ring Show less
20/35
To'liq holda ko'ring Show less
21/35
To'liq holda ko'ring Show less
22/35
To'liq holda ko'ring Show less
Los-Anjeles
23/35 Los-Anjeles
To'liq holda ko'ring Show less
Nyu-York
24/35 Nyu-York
To'liq holda ko'ring Show less
25/35
To'liq holda ko'ring Show less
26/35
To'liq holda ko'ring Show less
27/35
To'liq holda ko'ring Show less
28/35
To'liq holda ko'ring Show less
29/35
To'liq holda ko'ring Show less
30/35
To'liq holda ko'ring Show less
31/35
To'liq holda ko'ring Show less
32/35
To'liq holda ko'ring Show less
33/35
To'liq holda ko'ring Show less
34/35
To'liq holda ko'ring Show less
35/35
To'liq holda ko'ring Show less
Previous slide
Next slide

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG